Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Messi, Ronaldu yoki Ibrahimovich?

Messi, Ronaldu yoki Ibrahimovich?

Baho:
+ | -

2022 yilning dekabr oyida Leo Messi Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi va faoliyatidagi 41-kubokni qo‘lga kiritdi. 35 yoshli argentinalik futbolchi klub darajasida 37 ta, terma jamoa safida esa 4 ta sovringa ega. Shunchalik ta’sirchan miqdordagi g‘alabalarga qaramay, Leo hali ham futbol tarixidagi eng titulli futbolchi emas, lekin u rekordga juda yaqin qoldi u braziliyalik Dani Alvesga tegishli (43 ta sovrin).

Messidan tashqari, qisqa muddatda sovrinlar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lish imkoniyati hali ham uch futbolchida bor: Zlatan Ibrahimovich (32), Krishtianu Ronaldu (34) va Andres Inyesta (37). Biroq, Leoda aniqroq jihatlar bor - u mavsum oxiridayoq Alvesdan oldinga chiqib olishi mumkin.

Birinchi kubokni "Barselona" bilan Ispaniya chempionligida qo‘lgan kiritgan edi. O‘shandan beri argentinalik sovrinsiz qolgan ikki yil bo‘ldi - 2007 va 2020 yillarda. Ammo endi Messida hech narsa yutmaslik imkoniyati yo‘q, chunki “PSJ” ichki sovrinlarni hech kimga boy bermaydi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga yaqinlashmoqda. Bu mavsumda parijliklar uchala sovringa ham da’vogarlik qilmoqda: chempionatda, Fransiya kubogida va Chempionlar ligasida. Leo va uning jamoasida Yevropadagi muvaffaqiyatiga imkoniyatlar yetarlicha bor. Agar “PSJ” treblni rasmiylashtirsa, Messi qamoqqa olingan Alvesdan o‘zib ketadi va 39 yoshli braziliyalik yana sovrinlar yutishi dargumonligicha qoladi.

Leodan o‘zib ketish uchun Krishtianu Ronaldu nafaqat yaqin ikki yil ichida "An-Nasr" bilan barcha unvonlarni qo‘lga kiritishi, balki klub bilan shartnomani yana bir necha mavsumga uzaytirishi kerak bo‘ladi. Portugaliyalikning eng zo‘r va eng yulduz bo‘lish istagini hamma biladi, ammo Messi bilan bo‘lgan bu bahsda u g‘alaba qozona olmaydiganda o‘xshaydi.

Leoga Zlatan Ibrahimovich ham yaqinlashishi qiyin bo‘ladi. Shvesiyalik super-hujumchi jarohati tufayli uzoq vaqt maydonga tushmadi va uning katta futbolga qaytishi katta savol ostida. Ammo u chempionat va Chempionlar ligasi o‘yinlarida "Milan" uchun bir necha daqiqa maydonga tushsa va "rossoneri" sovrinlarni qo‘lga kiritsa ham, Messini quvib qaytish uchun imkoniyat yetarli bo‘lmasligi aniq.

Argentinalik futbolchini raqobatga qo‘yishga kutilmaganda yaqin kelgan bu uning sobiq jamoadoshi Andres Inyesta. Kimdir ispaniyalik futbolchi faoliyatini ancha oldin tugatgan deb o‘ylasa kerak, lekin aslida u mahalliy “Vissel Kobe” uchun Yaponiyada o‘ynamoqda.

Messi kimdan qo‘rqishi kerak? Bu allaqachon o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan va porlab kelayotgan futbolchilardir. Masalan, fransuz Kingsli Koman. Yarim himoyachi faoliyati boshidanoq o‘z mamlakatlarida gegemon bo‘lgan klublar - "PSJ", "Yuventus" va "Bavariya"da o‘ynagan. Buning evaziga 26 yoshida u allaqachon 28 ta kubokni qo‘lga kiritgan. Kingsli keyingi ikki yil davomida klub mukofotlarini yig‘ishda davom etishini va ularga terma jamoa bilan muvaffaqiyat qo‘shishi mumkinligini hisobga olsak, aynan u tez orada Leo uchun dahshatli tushga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 09:50, 23.01.2023.
O'qildi: 3323 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик