Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ings "Vest Xem" uchun birinchi o‘yinda jarohat oldi

Ings "Vest Xem" uchun birinchi o‘yinda jarohat oldi

Baho:
+ | -

O‘tgan hafta hujumchi Denni Ings "Aston Villa"dan "Vest Xem"ga o‘tdi. The Guardian xabariga ko‘ra, London klubidagi ilk o‘yinida 30 yoshli hujumchi tizzasidan jarohat olgan.

Qayd etilishicha, jarohat unchalik jiddiy emas, ammo Denni Ings bir necha haftani o‘tkazib yuboradi. Hujumchi APL doirasidagi "Nyukasl" (4 fevral) va "Chelsi" (11 fevral)ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi ehtimoli katta. Ingsning maydonga qaytishi “Tottenxem” (19 fevral) yoki "Nottingem Forest"ga qarshi (25 fevral) kutilmoqda.

"Vest Xem" hozirda APL turnir jadvalida 16 o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 22:07, 23.01.2023.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик