Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Santush bugun Polsha termasi murabbiyiga aylanadi

Santush bugun Polsha termasi murabbiyiga aylanadi

Baho:
+ | -

Polsha futbol ittifoqi prezidenti Sezari Kulesha Portugaliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush bilan shartnoma imzolanganini tasdiqladi. Bugun mutaxassisning Polsha terma jamoasi murabbiyi sifatida rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Santushning shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

JCH-2022da uning boshchiligidagi Portugaliya 1/4 finalga chiqdi va Marokashga mag‘lub bo‘ldi (0:1).

Santushning Portugaliya bilan 2024 yilgacha hisoblangan shartnomasi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilingan. U 2014 yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi. Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda 2016 yilgi Yevropa chempionati va 2018/19 yilgi Millatlar ligasi mavsumida g‘olib chiqdi.

Polsha terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Cheslav Mixnevich 2022 yilning 31 dekabrida o‘z lavozimini tark etgandi.

2022 yilgi jahon chempionatida Polsha terma jamoasi Argentina, Saudiya Arabistoni va Meksikaga qarshi o‘ynab, guruhdan chiqdi. Turnirning 1/8 finalida polyaklar Fransiyaga imkoniyatni boy berib (1:3) jahon chempionatini tark etishdi.

Kiritildi: 00:22, 24.01.2023.
O'qildi: 1256 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик