Uels terma jamoasining sobiq sardori Garet Beyl o‘zining professional golf karyerasini boshlaganini e’lon qildi.
33 yoshli uelslik futbolchi Kaliforniyadagi PGA Tour'da ishtirok etayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
9 yanvar kuni uelslik futbolchi futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Beylning so‘nggi klubi "Los-Anjeles" bo‘lgan va u "Sautgempton", "Tottenxem" va "Real"da ham o‘ynagan.