Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" taklif yuborishdan to‘xtamayapti - endi 100 million yevro va Ziyeshni taklif qildi

"Chelsi" taklif yuborishdan to‘xtamayapti - endi 100 million yevro va Ziyeshni taklif qildi

Baho:
+ | -

Calciomercatoweb sayti xabariga ko‘ra, "Chelsi" Lissabonning "Benfika" klubiga yarim himoyachi Enso Fernandes uchun yangi taklif bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, londonliklar argentinalik futbolchi uchun 100 million yevro, shuningdek, marokashlik futbolchi Hakim Ziyeshni taklif qiladi. "Benfika" avvalroq "Chelsi"ning Fernandesni qo‘lga kiritishga urinishlarini rad etgandi. Argentinalik uchun tovon puli 120 million yevro qilib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Fernandes Argentina terma jamoasi tarkibida 2022 yilgi jahon chempioni bo‘lgandi. Turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida ham e’tirof etildi. Fernandes joriy mavsumda “Benfika” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:55, 25.01.2023.
O'qildi: 4124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик