Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

UYEFA JCH saralash formatini o‘zgartirish va Millatlar ligasida pley-off o‘yinlarini joriy etishni muhokama qiladi

UYEFA JCH saralash formatini o‘zgartirish va Millatlar ligasida pley-off o‘yinlarini joriy etishni muhokama qiladi

Baho:
+ | -

UYEFA jamoalar o‘rtasidagi turnirlarni isloh qilishni muhokama qiladi.

Bugun Nyon shahrida tashkilot ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa musobaqalaridagi islohotlarga oid bir qancha savollar muhokama qilinadi.

Birinchisi, jahon chempionati uchun yangi saralash tizimi masalasi. 2026 yildan boshlab jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etadi, ulardan 16 tasi Yevropa. Shu munosabat bilan UYEFA saralash bosqichini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Saralash bosqichida 4 yoki 5 ta jamoadan iborat 12 ta guruh tuzilishi mumkin. Bu tizim bilan guruhlarda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi, qolgan 4 ta o‘rin esa pley-off bosqichida o‘ynaydi.

Bu ko‘rib chiqilayotgan yagona variant emas, lekin joriy saralashdagi har qanday o‘zgarishlar o‘yinlar sonini qisqartirishni o‘z ichiga oladi.

UYEFA Millatlar ligasi formatiga o‘zgartirish kiritish masalasini ham ko‘rib chiqadi. Agar avvalroq A ligasi guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar final to‘rtligiga kirgan bo‘lsa, endi ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar ham ishtirok etadigan turnirda pley-off o‘yinlari paydo bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, UYEFA Yevropa chempionatini 32 ta jamoaga kengaytirishdan bosh tortgan. Yangi format 2028 yildan boshlab joriy etilishi rejalashtirilgan edi, biroq UYEFA bu islohotni rejalardan chiqarib tashlashga qaror qildi. Bunday format turnirning ahamiyati va nufuzini pasaytiradi, deb ishoniladi.

Kiritildi: 14:38, 25.01.2023.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.