"Arsenal" ustozi Mikel Arteta o‘zining sobiq jamoasi bo‘lmish "Everton"dagi inqirozga fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Menga bu narsa yomon ta’sir qildi. Chunki men bu klubni yaxshi ko‘raman. Mening ajoyib davrlarim o‘sh yerda o‘tgan. Umid qilamanki, hammasi tez orada o‘nglanadi. Chunki "Everton" yaxshi natijalarga loyiq jamoa".
Arteta "Everton"da 2005-2011 yillarda faoliyat yuritgan.