Boks bo‘yicha U22 Osiyo chempionatida yigitlar o‘rtasida final janglari boshlandi.
-48 kg vazn toifasidagi Shodiyorjon Meliqo‘ziyev finalda qozog‘istonlik Tashkenbay Sanjarga qarshi jang qildi va 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hamyurtimiz musobaqadan kumush medal bilan qaytadigan bo‘ldi.
Yana 9 nafar vatandoshimiz chempionlik uchun ringga ko‘tariladi:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Putanet Rodsuk (Tailand) (13:00 dan so‘ng)
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev - Tulga Oyunbaatar (Mo‘g‘uliston) (13:15 dan so‘ng)
-67 kg: Bekzod Hamidov - Abzal Serik (Qozog‘iston) (13:30 dan so‘ng)
-71 kg: Nurislom Ismoilov - Sabirjan Akkalikov (Qozog‘iston) (13:45 dan so‘ng)
-75 kg: A’loxon Abdullayev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston) (14:00 dan so‘ng)
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Xalimulati Riyemandu (Xitoy) (14:15 dan so‘ng)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Roberrd Muskita (Indoneziya) (14:30 dan so‘ng)
-92 kg: Nusrat Tohirov - Abdulla Rajabov (Kambodja) (14:45 dan so‘ng)
+92 kg: Jahongir Zokirov - Aijaxair Tuonongdaji (Xitoy) (15:00 dan so‘ng)