Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

APLning eng yaxshi to‘purarlaridan biri faoliyatini sovrinlarsiz yakunlashi mumkin

APLning eng yaxshi to‘purarlaridan biri faoliyatini sovrinlarsiz yakunlashi mumkin

Baho:
+ | -

Premyer-ligada «shaharliklar» hujumchisi Xoland haqida ko‘p gapirilmoqda. Monstr yana xet-trik qayd etdi. Angliya chempionatidagi to‘rtinchi xet-trik! Norvegiyalik doimiy ravishda qandaydir rekordlarni o‘rnatmoqda. Gap endi liganing bir mavsumidagi gollar soni haqida ketadi.

Turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar - Saloh 32 ta gol (38 liga o‘yinida) va Shirer/Koul 34 gol (42 liga o‘yinida). Xolandda 20 turdan keyin 25 ta gol bor. Agar u bundan keyin qandaydir jarohat olmasa mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lishi aniq. Endi barcha e’tibor ushbu g‘ayritabiiy spektaklga qaratiladi. Biroq yana bir iste’dod sohibi Xarri Keyn bir chekkada qolib ketmoqda. «Tottenxem» hujumchisi yana ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda, ammo Xoland tufayli hech kim buni sezmayapti. Keyn 16 gol bilan liganing ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘lib, umuman olganda barqarorlik namoyish etmoqda. Angliya chempionatida u maydondagi daqiqalar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. To‘g‘ri, bu yerda «Tottenxem» barcha jamoalarga qaraganda ko‘proq o‘yin o‘tkazganligi muhim. «Tottenxem»ning so‘nggi o‘yini haqida qisqacha: Konte jamoasi o‘yin borasida «Fulxem»dan yomonroq edi, kamroq vaziyatlar yaratdi, ammo Keyn yo‘q joydan gol urdi - jamoa 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Agar birinchi davradagi «Fulxem» bilan o‘yinni oladigan bo‘lsak, u yerdagi g‘alaba goli ham Keyn hisobiga yozilgan. Hujumchida qanday barqarorlik borligi haqida allaqachon gapirgan edik. Qanday qilib u ortiqcha vaznga ega bo‘lganligi uchun «Arsenal»dan haydalgan va hatto tezlikni oshirish uchun anatomiyani o‘rgandi. O‘tgan turdagi gol Keynga Jimmi Grivzning «Tottenxem»dagi gollari bo‘yicha rekordiga erishish imkonini berdi. Ikkalasida ham endi 266 tadan gol bor.

1882 yilda tashkil topgan klub tarixida hech kim ulardan ko‘proq gol ura olmagan. Shubhasiz, Keyn tez orada yagona rekordchiga aylanadi. Shundan so‘ng, hujumchi bir yarim yil avval mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborib, bor kuchi bilan «Siti»ga otlanganini hamma unutadi. Keynning klubdan ketish mavzusi yana dolzarb tusga kirdi. «Bavariya» va «Manchester Yunayted» uni qo‘lga kiritmoqchi. Ikkala jamoada ham sifatli markaziy hujumchi yetishmasligi aniq. Shu bilan birga, Xarrining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Kelajak haqida qaror qabul qilish kerak bo‘lgan payt keladi - shartnomani yangilash yoki ushbu mavsumdan keyin ketish. «Tottenxem»ning asosiy o‘yinchisida shartnomani bir yillik muddatdan yana oldinga uzaytirish varianti turibdi va u ketishni istamaydi. Bu katta muammo bo‘ladi, chunki futbolchi tekinga jamoani tark etishga yaqin. The Athletic xabariga ko‘ra, muzokaralar ayni dam davom etayotgani yo‘q, lekin Keyn allaqachon shartnomani uzaytirishga intilyapti. Agar u hozir ketmasa, keyin hech qachon top-klubga o‘tolmasa kerak. Keyn misolida bu hech qachon kubok yutmaslikni ham anglatishi mumkin. O‘yinchining statusi uchun bu g‘ayritabiiy hol. Kuboklarga kelsak, «Tottenxem»ning hecham omadi kelavermaydi. Aftidan, jamoa har doim natijani kafolatlaydigan murabbiyni ishga olgandek ko‘rinadi. Biroq, Konte uchun ishlar yaxshi ketmayapti. Ko‘rinib turibdiki, bu safar klub Chempionlar Ligasi zonasida ham emas («Tottenxem» ayni dam beshinchi o‘rinda). Ammo jamoa uchun Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish bir paytlar chempionlikdan ko‘ra ancha osonroq edi. 2019 yilda ular finalda chiqishdi, ammo «Liverpul»ga yutqazishdi.

Angliyadagi ko‘plab ekspertlar Keynning ketish vaqti kelganini ta’kidlamoqda. Misol uchun, Rio Ferdinand to‘g‘ridan-to‘g‘ri buni aytdi: «Keyn bu jamoa bilan hech narsa yutolmaydi». Pol Merson ham hujumchini «Manchester Yunayted»ga o‘tishga chaqirmoqda. Bu yerda, umuman olganda, asosiy savol: hech bir unvonsiz ham futbolchi buyuk bo‘lishi mumkinmi? Jerrardning misoli bor, u hech qachon Premyer-ligada chempion bo‘la olmagan. To‘g‘ri, u Chempionlar ligasi va boshqa turnirlarda g‘alaba qozongan. Hozirgi kunda muvaffaqiyat odatda unvonlar bilan o‘lchanadi. Aslida, diqqatni boshqa narsaga qaratish qiyin. Shunga qaramay, ular eslash kerak bo‘lgan yagona narsa emas. Ko‘rinib turibdiki, Keyn «Tottenxem» afsonasiga aylanadi. U sadoqat bilan eslab qolinadi. Biroq har qanday holatda ham, u oxirida qanday qaror qabul qilishidan qat’i nazar, tanqidda bo‘lishi aniq.

Kiritildi: 22:53, 26.01.2023.
O'qildi: 1562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.