Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Krishtianu Ronalduga yarim million funtdan ortiq turadigan qimmatbaho soat sovg‘a qilindi: tafsilotlar bilan tanishing

Krishtianu Ronalduga yarim million funtdan ortiq turadigan qimmatbaho soat sovg‘a qilindi: tafsilotlar bilan tanishing

Baho:
+ | -

Ronaldu naq 630 ming funt turadigan, "Jacob & Co." tomonidan ishlangan qo‘lsoatga ega bo‘ldi. Bu soat unga Saudiya Arabistoniga o‘tishini nishonlash paytida sovg‘a sifatida berilgan. 37 yoshli hujumchi oy avvalida "An-Nasr"ga ko‘chib o‘tgandi. Endilikda portugaliyalik O‘rta Sharqda yiliga 173 million funt-sterling oladi. Sovg‘a qilingan "vaqt o‘lchagich" o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning rangi yam-yashil bo‘lib, Saudiya Arabistoni bayrog‘ini eslatadi. Shuningdek, yashil rang Islom ramzi ham sanaladi.

Ronaldu "Jacob & Co." kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Korxona futbolchiga atab, soatni maxsus usulda yasagan. Qayd etilishicha, qo‘lsoatda 338 ta qimmatbaho toshlar mavjud. O‘lchami: 47 mm × 15,85 mm. Narxi esa yuqorida qayd etilganidek, 630 ming funtga teng.


Ronaldu soatni allaqachon o‘z Instagram sahifasiga joylab qo‘ygan. Futbolchi uni omad keltirishiga umid qilmoqda. Ammo uning yangi jamoadagi debyut o‘yinlari rejadagidek kechmadi. Ayni damda "An-Nasr" o‘z mamlakatida yetakchilik qilmoqda. Ammo Ronaldu oxirgi bahsda gol ura olmay maydonni tark etgandi.

Krishtianu Ronaldu o‘tgan haftada "PSJ" bilan norasmiy bahsda ikkita golga mualliflik qildi. Hisob esa 5-4 bilan parijliklar foydasiga hal bo‘lgan.Ronalduga yana imkoniyat taqdim etilgandi. Unda Ronaldu va uning jamoadoshlari "Al-Ittihod"ga 3-1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

 

 

 

ISMATOV J.

Kiritildi: 15:26, 27.01.2023.
O'qildi: 3445 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.