Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes jahon chempionatida ajoyib natija qayd etdi. U oltin medal va turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi unvonini oldi. Bunday o‘yindan so‘ng yarim himoyachi APLga o‘tish uchun qishda "Benfika"ni tark etadigandek tuyuldi. Transfer oynasi tugashiga sanoqli kunlar qolgan Enso hamon Portugaliya klubida o‘ynamoqda. U mavsumni jamoada yakunlashga tayyor, ammo buning uchun 2 million yevro so‘ramoqda.
Bir necha hafta oldin Fernandes faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradigandek tuyulayotganm edi. 22 yoshli futbolchining shartnomasida tovon puli 120 million yevroni tashkil etadi.“Chelsi” bu pulni to‘lamoqchi edi, biroq buni uch yil ichida amalga oshirmoqchi edi. "Benfika" rahbariyati bu variantni darhol rad etdi.
Bundan tashqari, "Chelsi" o‘z futbolchilaridan birini shartnomaga qo‘shish varianti ustida ishladi. Shu tariqa, londonliklar Fernandes uchun pulni bir necha o‘n millionga kamaytirishga harakat qilishdi, ammo "Benfika" yana rad javobini berdi. Klub rahbariyati ularning tarkibida qanday futbolchi borligini tushunadi va u bilan 120 million yevroga xayrlashishga tayyor ekanliklarini qayta-qayta takrorlashdi.
Futbolchi Argentinaga klub ruxsatisiz ketganidan keyin Fernandesning “Benfika” rahbariyati bilan munosabatlari biroz yomonlashgan. Enso Yangi yilni o‘z vatanida nishonladi va bir nechta mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Natijada, “Benfika” bosh murabbiyi Rojer Shmidt futbolchini Portugaliya chempionatining bir uchrashuvida maydonag tushirmadi.
"Enso xato qildi. Shu sababdan u o‘yinda ishtirok etmadi. Biz uni sotmoqchi emasmiz: men ham, prezident ham. Lekin shartnomada bandlar bor. Agar kimdir keltirilgan pulni bersa, biz qarshilik qila olmaymiz. Ensoga qiziqayotgan klub bor. Ular futbolchini faqat tovon puli to‘lagan taqdirda olishlarini bilishsa-da, uni o‘z tomoniga tortishga harakat qilishdi. Umuman olganda, bunday xatti-harakatlar "Benfika"ga nisbatan hurmatsizlikning namoyon bo‘lishidir”.
Biroq, Enso tezda yana "Benfika"ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Uning maydondagi o‘yini va munosabati futbolchining Argentinaga ruxsatsiz ketganidan norozi bo‘lgan muxlislar ishonchini qaytarishga imkon berdi. “Varzim” bilan kubok o‘yinida (2:0) Fernandes gol kiritdi va keyin "men shu yerda qolaman" deb baholanishi mumkin bo‘lgan ishorani qildi.
Aftidan, Fernandes mavsumni “Benfika” formasida yakunlashi kerakligi bilan allaqachon kelishgan. Portugaliyaning Record nashri xabariga ko‘ra, Fernandes fikrini o‘zgartirgan va "Chelsi"ga majburan o‘tish niyatida emas. U endi 2 million yevro miqdorida sodiqlik uchun bonus talab qilmoqda. Shunday qilib, u "Chelsi"ga o‘tmagani uchun yaxshi tovon puli oladi. Qiziq, “Benfika” muxlislari bunday xabarni qanday qabul qilishdi ekan?