Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl - Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli - Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

«Atletiko» direktori «Real Madrid»ni hakamlarga bosim qilganlikda aybladi

«Atletiko» direktori «Real Madrid»ni hakamlarga bosim qilganlikda aybladi

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh direktori «Real Madrid»ni hakamlarga ta’sir o‘tkazayotganlikda aybladi.

Kecha «Atletiko» Ispaniya kubogi 1/4 finalida «Real»ga yutqazdi (1:3).

«Real» yarim himoyachisi Dani Sebalyos sariq kartochkaga ega bo‘ldi va 71-daqiqada o‘z jarima maydonchasi yonida qo‘pollik qildi.

Bosh hakam Sesar Soto Grado ikkinchi sariq ko‘rsatmadi va qo‘shimcha vaqtda «Atletiko» himoyachisi Stefan Savichni maydondan chetlatdi va bir necha daqiqada ikkita kartochka ko‘rsatdi.

«Men hakamlarni hurmat qilaman va ishonchim komilki, ularning niyatlari har doim yaxshi bo‘lgan, ammo tashqaridan kuzatgan har bir kishi o‘nlab yillar davomida deyarli har doim shunday bo‘lganini ko‘rishi mumkin. Afsuski, endi hech kim ajablanmaydi, bu umuman yangilik emas, faqat tarixni eslab qolish kerak.

«Real Madrid» juda kuchli muhitga ega klub, bu klub atrofida har doim turli xil manfaatlar aylanadi.

Ular shunday bosim hosil qiladiki, bu qaror qabul qilishi kerak bo‘lganlarga ta’sir qilishi odatiy holdir. Va qaror qabul qiluvchilar «Real Madrid» tomoniga xato qaror chiqarsa, ularni nima kutayotganini bilishadi. O‘zlariga zarar yetkazayapti deb o‘ylaganlarga qarshi chora ko‘rish «Real» uchun odatiy holdir», — dedi «Atletiko» bosh direktori.

Kiritildi: 09:37, 28.01.2023.
O'qildi: 847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.