Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Shaxtyor» futbolchisi APLga yo‘l oladigan bo‘ldi

«Shaxtyor» futbolchisi APLga yo‘l oladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Huquqlari Doneskning «Shaxtyor» klubiga tegishli bo‘lgan Fransiyaning «Lion» klubida ijarada o‘ynayotgan braziliyalik yarim himoyachisi Tete Angliyaning «Lester» klubiga ijaraga beriladi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Kelishuv yakuniy bosqichda ekanligi aytilmoqda.

«Lion» Teteni 2022 yilning mart oyi oxirida «Shaxtyor»dan ijaraga olgan edi. Klublar dastlab uning fransuz klubida 2022 yilning 30 iyuniga qadar o‘ynashiga kelishib olgan edi.

Keyin ijara yana bir yilga - 2023 yilning yoziga qadar uzaytirildi. Fransiya ligasining joriy mavsumida braziliyalik futbolchi 17 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:02, 28.01.2023.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик