Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Omad senga, Jasur!

Omad senga, Jasur!

Baho:
+ | -

Odatda bir film inson yoki farzandning uydan chiqib ketishi bilan boshlanib qaytishi bilan tugaydi.

Oradan yillar o‘tadi, daydi farzand ko‘p sarguzashtlarni boshidan kechiradi. O‘tgan yilning yozida yurtimizga qaytishga qaror qilgan Jasur Yaxshiboyevning oraliqdagi klublardagi faoliyati bitta kino. Aslida voqelar rivoji qayerdan boshlangandi? Qanday davom etdi? Quyida bilib olishingiz mumkin.

Shota Arveladze bilan muammo yoxud uyni tark etish

Qahramonimiz 2019 yilning ikkinchi davrasida o‘zi katta bo‘lgan «Paxtakor»dan AGMKga ijaraga beriladi. Uni elga tanitgan, terma jamoaga kirishiga sababchi bo‘lgan jamoadagi faoliyati o‘rta darajada o‘tdi. Shota Arveladze ayrim pallalarda imkoniyat ham berdi. Deylik, asosiy tarkibda debyut qilganidan ketguniga qadar 50ta uchrashuvda maydonga tushdi, 3ta gol urdi. Baribir, «sherlar» safidagi o‘yinlari, shaxsiy ko‘rsatkichlarini barqaror, deb bo‘lmasdi. Boz ustiga 2019 yilga kelib Shota Arveladze bilan tushunmovchiliklar boshlandi. Buni Jasurning o‘zi shunday eslaydi: «Shota bilan aloqamiz yaxshi edi. U menga ishonib OCHL saralash o‘yinida maydonga tushirgandi. O‘yin davomida o‘z o‘yinimni ko‘rsata olmay, asabiylashdim, Shundan keyin, Arveladze meni zaxiraga oldi. Maydondan chiqib ketayotganimda u menga qo‘l cho‘zgan, lekin men uni ko‘rmasdan qo‘limni uzatmaganman. Shundan so‘ng oramizga sovuqchilik tushdi, meni bir oyga chetlatgan, xullas oramiz yomonlashgandi».

«Keyin esa menga AGMK jamoasidan taklif tushdi va transfer oynasi yopilishiga 1 kun qolganida olmaliqliklar safiga ko‘chib o‘tdim. Mirjalol Qosimovning shaxsan o‘zi telefon qilib taklif qilgandi. U yerda 9ta o‘yinda maydonga tushganman, biroq biror marta ham gol urmagandim», - deydi Jasur Yaxshiboyev.

Yevropa tomon sayohat

Shoshmang, birdaniga Yevropaga yuborishdan oldin 2 yil ortga qaytamiz. 2018 yil Xitoyda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo kubogi ko‘pgina futbolchilarning o‘zlarini ko‘rsatishlariga xizmat qildi. Qahramonimiz o‘sha turnirda chinakamiga iste’dodini namoyon qildi. Yaponiya, Janubiy Koreyaga urgan gollari hamon raqiblarning tushlariga kirayotgan bo‘lsa kerak. U Belarus klubiga ketish haqida eslarkan, 2018 yilning avvalida 23 yoshgacha bo‘lgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston OTJ bilan bo‘lgan chempionlikdan so‘ng unga turli jamoalardan takliflar bo‘lganini ham aytib o‘tdi. Jasur Yaxshiboyev 2020 yilning fevral oyida Belarusning «Energetik-BGU» jamoasiga yo‘l oldi.

«Takliflar orasidan Belarus klubi bo‘lgan «Energetik-BGU»ni tanladim. 2020 yilda butun dunyoda hukmronlik qilgan pandemiya vaqtida Belarusda futbol davom etdi. Shunda o‘zimni ko‘rsatib olish uchun imkoniyat yaxshi edi, koronavirus shu vaqtlarda yaxshi foyda berdi, deya olaman. «Energetik» jamoasida hamma yigitlar yosh edi. U klub yosh iqtidorlarni chiqarib beradigan jamoa ekan. Jamoaga borganimdan keyin murabbiy o‘rtoqlik uchrashuvlarida hujumga qo‘ya boshladi. Murabbiy ishondi, ko‘rsatma berdi, men esa hujum chizig‘ida o‘zimning yaxshi tomonlarimni ko‘rsatishni boshladim», - deydi u.

Ayni karantin, butun dunyoda futbol uchrashuvlari to‘xtagan, jahon hamjamiyatining e’tibori Belarus chempionatiga qaratilgandi. Boshqa nima ham qilardi? Biz yarim himoyachi, vinger sifatida tanigan Jasur «Energetik-BGU»da sof hujumchi rolida qayta kashf qilindi. Bunda o‘sha vaqtdagi murabbiy Vladimir Belyavskiyning xizmatlari katta edi. Mutaxassis saytimizga bergan intervyusida unga yuqori baho bergandi. Oradan ko‘p o‘tmay, forvard Belarus chempionati yetakchisi «Shaxtyor Soligorsk» a’zosiga aylandi va oltin medallarga ega chiqdi.

Futbolchi ma’lum bir darajaga chiqdimi, yanada o‘sishni istaydi. Kuchliroq chempionatlarga yo‘l olgisi keladi. Qahramonimiz uchun navbatdagi manzil Polshaning nomdor klubi «Legiya» bo‘ldi. Afsuski, bu jamoa safida jarohatlar bilan bog‘liq muammolar sabab maydonga tushgani yo‘q.

Bu orada «Legiya» Yaxshiboyevni «Sherif»ga ijaraga berdi. YECHL guruh bosqichida ishtirok etadigan moldovakliklar guruhda «Real» ustidan tarixiy g‘alabaga erishadi. «Santyago Bernabeu»da kimsan qirollik jamoasi darvozasiga o‘zbekistonlik yigit gol urdi. «Bolaligimdan «Real»ga qarshi o‘ynashni orzu qilganman. Gol urishni xohlagandim, ammo buni amalga oshirishimni tasavvur qila olmasdim», - degan edi Jasur Yaxshiboyev.

Namangan tomon yurish

2022 yilning ikkinchi davrasida «Navbahor» shov-shuvli transferga qo‘l urdi. Jasur Yaxshiboyev Samvel Babayan jamoasiga keldi. Harakatlari yomon chiqmadi, 2ta gol ham urdi. Lekin qandaydir ko‘pchilik kutgandek, deb bo‘lmasdi.

Shu onda ko‘pchilik futbolchining xarakteri og‘irligini, murabbiylar ishlash qiyinligi haqida gapiradi. Vadim Abramov intervyularining birida unda terma jamoada o‘ynash uchun xohish ko‘rmadim degandi. Samvel Babayan o‘zi bolaligidan bilgan futbolchi bilan bu borada muammoga duch kelmaydi, deb o‘ylaymiz. Bu mavsumda ham «lochinlar» safida qolishga qaror qilgan futbolchi qay darajada o‘zini ko‘rsatadi, buni vaqt hukmiga tashlaganimiz ma’qul. Muhimi Yaxshiboyev futbol ommasida allaqachon nomiga ega bo‘lib ulgurgan. Demak pasayishga haqqi yo‘q. Omad senga Jasur!

ABDULAZIZ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 28.01.2023.
O'qildi: 4090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.