"Roma" ustozi Joze Mourinyo "Tottenxem"da ekanida jamoaga koreyalik futbolchini olib kelmoqchi bo‘lgan. U shunday deydi:
"Men Londonda jamoaga Kim Min Jeni olib kelmoqchi bo‘lganman. U bilan bir necha bor gaplashganman. Biz unga 5 million funt taklif qilgandik. "Fenerbaxche" esa 10 million funt talab qildi. Shu sababli "Tottenxem" uni olmadi. Hozir unga qarang, top-futbolchiga aylandi".