"Bavariya" futbolchisi Serj Gnabri dam olish kunlarini o‘zgacha tarzda o‘tkazishga qaror qildi. U Parijga bordi va u yerda nafis kostyumda kameralar oldida namoyon bo‘ldi.
Ammo, klubda Gnabrining bu harakatlari qadrlanmadi. Serjni Germaniyaga qaytishi bilanoq,klub rahbarlari u bilan jiddiy tarzda gaplashib olishdi. Nagelsmann esa uni “Ayntraxt” bilan o‘yinda asosiy tarkibdagi joyidan mahrum qildi.