Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ispaniya chempioni qaysi jamoa bo‘ladi? Superkompyuter navbatdagi bashoratni amalga oshirdi

Ispaniya chempioni qaysi jamoa bo‘ladi? Superkompyuter navbatdagi bashoratni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

29 yanvar kuni "Real Madrid" "Real Sosyedad" bilan qiyin o‘yin o‘tkazadi. San-Sebastyan klubi Ispaniya chempionati jadvalida uchinchi (38 ochko), poytaxtliklar esa ikkinchi o‘rinda (41 ochko) bormoqda. Shu bilan birga, “Barselona” peshqadamlik qilmoqda (47), “Vilyarreal” va “Atletiko” uchlikni (31 tadan) ta’qib qilmoqda. Ayni paytda "Real Madrid"ning bitta o‘yini bor. Muhim o‘yin oldidan biz Ispaniya chempionati yetakchilarining navbatdagi uchrashuvlari taqvimi va chempionlik uchun imkoniyatlarini o‘rganib chiqdik.

Peshqadamlar keyingi o‘yinlarni kim bilan o‘tkazishadi?

Chempionatdagi keyingi uchta o‘yinda "Barsa" ikki marta safarda o‘ynaydi. Kecha, 28 yanvar kuni "Jirona" bilan derbi (1:0) bo‘lib o‘tdi, shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” "Betis" va "Vilyarreal" bilan uchrashuvni kutishmoqda (har ikki jamoa hozir kuchli oltilikda). Qolaversa, Kataloniya klubi “Manchester Yunayted” bilan Yevropa ligasining pley-off bosqichida o‘ynaydi va shu munosabat bilan taqvim yanada zichlashadi.

"Real Madrid" keyingi ikki o‘yinni o‘z uyida - "Sosyedad" va "Valensiya" bilan o‘tkazadi. Shundan so‘ng Karlo Anchelotti shogirdlari "Malyorka" (safarda), "Elche" (uyda) va "Osasuna" (safarda) bilan to‘qnash kelishadi. San-Sebastyan klubi juda kuchli raqib va boshqa jamoalar ichida hozircha faqat “Osasuna” kuchli sakkizlikdan joy olgan. Fevral oyida “Real Madrid” klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun Marokashga uchib ketishini ham unutmaylik.

"Real Sosyedad" fevral oyida faqat Ispaniya chempionatida o‘ynaydi. Jamoa allaqachon mamlakat kubogidan chiqib ketgan va Yevropa ligasida darhol 1/8 final bosqichida o‘ynashni davom ettiradi. Ushbu turning dastlabki o‘yinlari mart oyida bo‘lib o‘tadi. La Ligada Madriddagi o‘yindan so‘ng San-Sebastyan klubi "Valyadolid", "Espanyol", "Selta" va "Valensiya" bilan uchrashadi. Bu jamoalarning barchasi ikkinchi o‘nlikda va u yoki bu tarzda elita divizionidan tushib ketish xavfi bor.

“Atletiko” allaqachon yevrokubok bilan xayrlashib, Ispaniya kubogini tark etgan. Diyego Simeone jamoasi mavsumning qolgan o‘yinlarini faqat bitta turnirda o‘tkazadi. Fevral oyi oxirida madridliklar "Santyago Bernabeu"da "Real" bilan, undan oldin esa "Osasuna", "Xetafe", "Selta" va "Atletik" bilan qiyin uchrashuvlarni o‘tkazadi.

“Vilyarreal” 12 fevral kuni “Barselona” bilan uy uchrashuvini o‘tkazadi, undan oldin “Rayo Valekano” va “Elche” bilan to‘qnash keladi. Oyning ikkinchi yarmida jamoa "Malyorka" va "Xetafe"ga qarshi bahs olib boradi. Mart oyida Kike Setyen shogirdlari Konferensiyalar ligasida o‘ynashda davom etadi.

Superkompyuter kimning imkoniyatini yuqori baholamoqda?

FiveThirtyEight superkompyuter kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, chempionlik unvoni "Barselona"ga nasib etadi. Buning ehtimoli 63%, "Real Madrid"ning esa yakuniy g‘alabaga erishish imkoniyati deyarli ikki baravar kam - 35%. Kompyuter boshqa klublarga umuman ishonmaydi. “Sosyedad”ning muvaffaqiyati bor-yo‘g‘i 2 foizga baholanmoqda, "Atletiko"ning g‘alaba qozonish ehtimoli esa 1 foizdan ham kam.

Chempionlar ligasi zonasi haqida gapiradigan bo‘lsak, superkompyuter "Barselona" va "Real Madrid" albatta kuchli to‘rtlikdan joy olishiga ishonadi. Bunday ssenariyning ehtimoli 99% ni tashkil qiladi. “Sosyedad”da ham yaxshi imkoniyat bor (73%). "Atletiko"ning Chempionlar Ligasi zonasiga chiqish ehtimoli 48%, "Vilyarreal" - 34%, "Atletik" - 14%, "Betis" - 13%. O‘tgan mavsum yakunida “Sevilya” kuchli 4-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, bu safar jamoa turnir jadvalida atigi 13-o‘rinni egallab turibdi. Ularning Chempionlar Ligasi zonasiga kirish ehtimoli 1% dan kam.

Kiritildi: 14:04, 29.01.2023.
O'qildi: 6677 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.