"Nottingem Forest" "Nyukasl" yarim himoyachisi Shelviga qiziqish bildirmoqda. Klublar faol muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi insayder Fabrisio Romano.
Qayd etilishicha, "Nyukasl" 30 yoshli angliyalikni boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor.
Shelvining "Nyukasl" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 7 million yevroga baholamoqda.