Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Dzyudochilarimiz Almada Gran-prisini kuchli uchlikda yakunlashdi

Dzyudochilarimiz Almada Gran-prisini kuchli uchlikda yakunlashdi

Baho:
+ | -

Portugaliyaning Almada shahrida dzyudo bo‘yicha Almada Gran-prisi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 81 mamlakat ichida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Hamyurtlarimiz murosasiz kechgan bellashuvlarda 2 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

Yilning ilk turnirida Janubiy Koreya termasi 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida g‘alaba qozondi. 2 ta oltin va 1 ta kumush medaliga sazovor bo‘lgan mezbonlar ikkinchi natijani qayd etishdi.

Dastlab, -66 kg vazn toifasida Muhriddin Tilovov, so‘ng -73 kgda Obidxon No‘monov chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi. Ushbu g‘alaba hamyurtlarimizga jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 350 ochko taqdim qildi. Terma jamoamizning qolgan ishtirokchilari garchi sovrindorlar qatoridan joy olishmagan bo‘lsalar ham, qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishdi.

Qayd etish joiz, 2022 yilgi Almada Gran-prisida ham -73 kg vazn toifasidagi bahslar o‘zbekistonlik dzyudochi Murodjon Yo‘ldoshevning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Endi terma jamoamiz 4-5 fevral kunlari Parij shahrida o‘tadigan «Katta dubulg‘a» turnirida ishtirok etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:18, 30.01.2023.
O'qildi: 1128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик