Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Pavar "Barselona" bilan muzokaralar olib bormagani ma’lum bo‘ldi

Pavar "Barselona" bilan muzokaralar olib bormagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavarni qo‘lga kiritish borasida muzokaralar olib bormayapti, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Manbaning xabariga ko‘ra, bugungi kunda nemis klubi bilan muzokaralar olib borilmayapti. "Barselona" 26 yoshli futbolchini keyingi mavsumda sotib olmoqchi, biroq muzokaralar yozgi transfer oynasida bo‘lib o‘tadi.

Romano, shuningdek, futbolchining o‘zi ham Kataloniya klubiga o‘tishga juda qiziqayotganini ma’lum qildi.

Himoyachining Myunxen klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 2022/23 yilgi mavsumda Pavar "Bavariya" safida 23 ta o‘yinda 4 ta gol urgan.

Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:11, 31.01.2023.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик