Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonidagi faoliyati ajoyib boshlanmadi. Portugaliyalik “PSJ”ga qarshi dubl qayd etgan bo‘lsa-da, dastlabki ikki rasmiy o‘yinda samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
“An-Nasr” bundan unchalik xavotirga tushmayotganga o‘xshaydi – bunday nomdor futbolchining Saudiya Arabistoniga kelganidan klub ham, butun mahalliy futbol ham foyda ko‘rgan. “Bu futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biriga qarash imkoniyatidir. Bu klubimiz, Saudiya Arabistoni va butun mintaqa uchun tarixiy lahzadir”, - deydi “An-Nasr” xodimlaridan biri.
Krishtianu o‘ziga xos iqlim sharoitida qanday mashq qiladi? U Ar-Riyodda qanday yashaydi? U boshqa super yulduzlarni olib keladimi? TheAthletic nashri buni tahlil qilishga harakat qildi va bugun sizlarga ushbu maqolani havola qilamiz.
Saudiya Arabistonida jazirama issiq bo‘lgani uchun mashg‘ulotlar kamroq o‘tkaziladi , mahalliy futbolchilar esa Yevropa futbolchilaridan ajralib turadi
"Espanyol"ning sobiq bosh murabbiyi Visente Moreno o‘tgan iyul oyida "Ash Shabab"ni boshqargandi. Visenteni eng ko‘p hayratga solgan narsa issiq edi.
“Ronaldu qanday moslashishini bilish juda qiziq. U tushdan keyin mashq qilishi kerak, chunki yozda ertalab buni qilish mumkin emas. Ko‘cha 50 daraja issiq bo‘ladi. Bir qarashda, bu unchalik muhim emas, lekin agar Ronaldu ko‘p yillar davomida bir rejimda yashagan bo‘lsa, unda uni qayta shakllantirish oson bo‘lmaydi”, - deydi Moreno.
Haddan tashqari yuqori harorat tufayli Saudiya klublari odatda kuniga bir martadan ortiq mashg‘ulot o‘tkazmaydi. 2021 yilda Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi bo‘lgan Serxio Piyernasning aytishicha, bu murabbiylar jamoasini qurishni qiyinlashtirmoqda.
“Mashg‘ulotlar tushdan keyin soat 15:00 atrofida boshlanadi. Issiq mavsumda jamoalar 18:00 yoki 19:00 da mashg‘ulotlarga chiqishadi. Bu mashg‘ulotlar dinamikasiga katta ta’sir qiladi - klublarda jamoa mexanizmlarini avtomatlashtirishga shunchaki vaqtlari yo‘q.
Infratuzilma yaxshi saviyada, lekin hamma ham mahalliy futbolchilar ham gap faqat mashg‘ulotlarda emasligini hali tushunmayapti. Ular qo‘shimcha ish, uyqu, tiklanish va ovqatlanish majburiy mashg‘ulotlar kabi muhimligini tushunishmaydi. Bundan tashqari, til to‘sig‘i ham bor mahalliy o‘yinchilarning aksariyati ingliz tilini bilishmaydi. Bu yerda Krishtianu qiyin sharoitda yashashga majbur bo‘ladi”, deydi u.
Morenoning aytishicha, Ronaldu ko‘plab xorijliklar yashaydigan Ar-Riyodning qo‘riqlanadigan hududlaridan birida yashashi mumkin
“Ar-Riyodda qo‘riqlanadigan mini-shaharlar bor. U yerda g‘arbiy hayot tarzini olib boradigan ko‘plab chet elliklar yashaydi.
Shaharning o‘zi juda katta - Madriddan taxminan uch baravar katta. O‘zining joylashuvi bo‘yicha u Yevropa metropolislaridan juda farq qiladi”, - deydi Visente.
Uchrashuvlar oldidan “An-Nasr” futbolchilari Ar-Riyod diplomatik okrugidagi besh yulduzli mehmonxonalardan birida uchrashadi. Kelganidan keyingi dastlabki haftalarda Ronaldu hashamatli mehmonxonada yashadi, ammo klub unga katta yangi uy berishni rejalashtirmoqda.
Bir kuni ajoyib voqea yuz berdi, shahar ma’muriyati portugaliyalik o‘z oilasi bilan xavfsiz xarid qilish uchun savdo markazlaridan birini yopdi. Piyernasning gapida jon borga o‘xshaydi. U yerda Krishtianu “ko‘pikda” yashashga majbur bo‘ladi.
Chempionat darajasi haqida nima deyish mumkin?
Skautlik agentliklaridan birining ma’lumotlariga asoslanib, "An-Nasr"ni chempionshipda o‘ynaydigan "Sanderlend" va "Luton" bilan bir darajaga qo‘ydi. Saudiya elita futbol chempionati futbol sifati bo‘yicha dunyoda 58-o‘rinni egallaydi.
“Saudiya Arabistoni bo‘lajak jahon chempionlarini mag‘lub etgan yagona jamoadir. Ular guruhdan chiqa olishmadi, ammo barcha o‘yinlarda oxirigacha kurashib, nimaga qodir ekanliklarini ko‘rsatishdi. Daraja yaxshi. Saudiya Arabistonining ikkita eng yirik klubi "Al-Hilol" va "An-Nasr" xuddi "Real" va "Barselona"ga o‘xshaydi. Har ikki klub JCH-2022ga jami 26 futbolchidan 18 nafarini jo‘natishdi”, - deya qo‘shimcha qiladi Piyernas.
“An-Nasr”da boshqa super yulduzlarni kutishimiz kerakmi?
So‘nggi paytlarda Eden Azarning "An-Nasr"ga kelishi haqida mish-mishlar faol tarqalmoqda. "Real Madrid" Saudiya Arabistonida bo‘lganida, bosh murabbiy Rudi Garsiya belgiyalik futbolchiga "An Nasr" futbolkasini sovg‘a qilgan, uni muxlislar transfer belgisi sifatida qabul qilishgan. Ammo jamoa Eden bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti va Azarning o‘zi hali o‘tishga tayyor emas.
Ba’zi muxlislar "An-Nasr" Ronaldu atrofida super jamoa qurmoqchi, degan qarorga kelishdi. Biroq, The Athletic ning klubdagi manbalari bunday rivojlanish ehtimoli juda past ekanligini aniq aytishdi.
Manbalardan biri shunday dedi: “Krishtianu ajoyib futbolchi edi, ammo klub “An-Nasr”ning ko‘rgazmali jamoaga aylanishini xohlamaydi. Klubda pul bor, lekin uni ahmoqlar boshqarmaydi. Krishtianuning asosiy vazifasi klubni rivojlantirish".
Hozircha Ronaldu o‘z ishini juda yaxshi bajarmoqda. Portugaliyalik butun dunyoga "An-Nasr" degan klub borligini bildirib qo‘ydi.