Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Osiyo kubogi-2027 mezboni aniqlandi

Osiyo kubogi-2027 mezboni aniqlandi

Baho:
+ | -

Bugun bo‘lib o‘tgan Osiyo futbol konfederasiyasi Ijroqo‘m yig‘ilishida 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi mezboni nomi aniqlandi. Qit’amizning eng nufuzli musobaqasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.

Ushbu musobaqa mezbonligi uchun dastlab 5 ta mamlakat ariza topshirgandi. Ammo O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib o‘z arizasini qaytarib olgan. Keyin esa Eron shunday yo‘l tutdi.

Qatar 2023 yilgi turnir mezboniga aylangani uchun avtomat ravishda keyingi musobaqaga mezbonlik qila olmasligi aniq bo‘ldi. Hindiston ham eng so‘nggi bo‘lib da’vogarlikdan voz kechdi.

Shu bois, Saudiya yagona nomzod sifatida qoldi va OFK Ijroqo‘mi bu mamlakatni Osiyo kubogi-2027 mezboni sifatida tasdiqladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:06, 01.02.2023.
O'qildi: 3998 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.