Yarim himoyachi Sofyan Amrabat «Fiorentina» direktorlari, murabbiylari va futbolchilaridan uzr so‘radi. Marokashlik o‘zining xatti-harakati uchun kechirim so‘radi, deb yozadi jurnalist Janluka Di Marsio o‘z veb-saytida.
Amrabat «Barselona»ga o‘tish istagi tufayli seshanba kungi mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi. Endi muammo hal bo‘ldi, U «Fiorentina» bilan amaldagi shartnomani davom ettirishga tayyor.
Amrabatning «binafsharanglar» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda u Italiya klubi safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.