Chililik yarim himoyachi Arturo Vidalning «Flamengo»dagi ishlari tobora yomonlashmoqda, u klub rahbariyati va muxlislarining ishonchini yo‘qotdi.
O‘tgan hafta oxirida klub Braziliya Superkubogi finalida «Palmeyras»ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Vidal asosiy tarkibda emas, 80-daqiqadagina maydonga tushdi, ammo baribir muxlislar tanqidiga uchradi.
«Vidal - qari futbolchi, u qandaydir tushunmovchilik tufayli hali ham maydonda adashib yuribdi.
«Flamengo» undan tezroq qutulishi kerak», - ko‘pchilik braziliyalik jurnalistlar u haqida taxminan shunday ruhda yozishdi.