Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Kloppning 1000 o‘yini statistikasi

Kloppning 1000 o‘yini statistikasi

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp «Liverpul»ning APL 21-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi uy uchrashuvida murabbiylik faoliyatidagi katta yubileyni nishonladi - 1000-o‘yin!

 Aytishga oson raqam, ammo yevrofutbolda, yana asosan katta klublar boshqaruvida bu marraga yetishning o‘zi bo‘lmaydi. Ha, Kloppning shunday katta o‘yini «Liverpul» uchun yaxshi davrga to‘g‘ri kelmadi, qolaversa, dongdor raqib ham qandaydir tushunarsiz holatda hozir. Lekin bu germaniyalik mutaxassisning «yumaloq» natijasiga soya sololmaydi aslo. Sports.ru sayti ham shu haqiqatdan ko‘z yummadi va Opta tahlil guruhi ma’lumotlari asosida 1000ta o‘yin qanday yuzaga kelganini ko‘rib chiqdi.



***

Gapni sovrinlardan boshlash kerak, albatta. Demak, Yurgen Kloppning 1000ta o‘yini avvalo, 13ta sovrin demakdir. Boshqacha aytganda, germaniyalik mutaxassis o‘rtacha hisobda har 83ta o‘yin uchun 1ta turnirda g‘oliblikni rasmiylashtirgan.

Bosh murabbiy maqomida 2001 yili ish boshlagan Yurgen Klopp 1000ta o‘yinda 1854 ochko ta’minlagan. G‘alabalarning jami o‘yinlarga nisbati - 53,8 foiz. O‘rtacha mahsuldorlik esa 1,9ta golga teng.



***

Yurgen Klopp 1000ta o‘yin marrasiga atigi 3ta klub boshqaruvida yetishgani bilan alohida maqtanishi mumkin. Ya’ni u zamonaviy futbolda eng barqaror faoliyat olib borayotgan murabbiylardan biridir. 1000ta o‘yinida eng katta ulush hozirgi klubi - «Liverpul»ga tegishli.

***

Germaniyalik mutaxassisning 340ta o‘yinida Bundesliga belgisi bor. Umuman, Klopp 1000ta o‘yin marrasigacha naq 13ta turnir ko‘rdi. Agar murabbiy APLda ishlashda davom etsa, Bundesliga o‘yinlar soni bo‘yicha hali 2-o‘ringa surilishi ham hech gap emas.



***

Yurgen Klopp faoliyati davomida «Manches­ter Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan hammadan ko‘p to‘qnash kelgan - 27 marta. Binobarin, ispaniyalik mutaxassis Germaniya­da ham ishlagan va Klopp yo‘liga tez-tez tushgan. O‘zaro «duel»da ustunlik hozircha germaniyalik tomonida: g‘alabalar hisobi - 11-9. Aytgancha, Gvardiolani boshqa biror murabbiy bu qadar ko‘p mag‘lubiyatga uchratmagan. O‘z navbatida, Klopp ham boshqa hech kim oldida 9 marta «bosh egmagan».

***

Klopp boshqaruvidagi 3ta klub jami 150ta raqib bilan to‘qnash kelgan. Germaniyalik mutaxassisning deyarli har 30ta o‘yinidan biri «Bavariya»ga qarshi kechganini alohida aytish joiz. «Arsenal» yoki «Manchester Siti»ning Klopp uchun eng «qadrdon» raqib maqomini olishiga hali bor.

***

Yurgen Kloppning 1000-o‘yini «Chelsi»ga qarshi kechgani aytildi. Umuman, Yurgen o‘z jamoalari bilan «aristokratlar»ga 20 marta qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, shundan 2tasi yubiley o‘yinlarga to‘g‘ri kelgan. Yana bir tomoni, Klopp «yumaloq» raqamli biror uchrashuvda yengilgan emas. Deylik, «Chelsi» bilan oldingi yubileyi (800-o‘yin) Yevropa superkubogida kuzatilgan bo‘lib, asosiy vaqtda kuchli tomon aniqlanmagan va penaltilar seriyasida «Liverpul» ustun kelgandi.

***

Neven Subotich - haqiqiy mashina: u Klopp boshqaruvidagi 282ta o‘yindan 278tasida boshlang‘ich tarkibdan joy olgan. Roman Vaydenfellerda esa bu ko‘rsatkich 100 foizga teng: 280tadan 280ta! To‘g‘ri, darvozabon uchun oddiy holat. Jeyms Milner aksincha, 302ta o‘yindan 189tasini ilk daqiqalardan boshlagan, xolos. Klopp eng ko‘p ishonch bildirgan futbolchi esa - Roberto Firmino (341ta o‘yin).



***


Muhammad Saloh - Yurgen Kloppning eng yaxshi to‘purari. Misrlik hujumchi germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘rtacha hisobda har 138 daqiqada 1ta gol urgan. Klopp rahbarligida 100ta gol marrasidan oshgan futbolchilar soni esa 4 nafar.

SO‘Z

- 1000-o‘yin? Bu aqlni shoshirib qo‘yadigan raqam. Liverpulga kelganimda soqolimga hali oq tushmagandi. Soqolimning oqargani yoshimga bog‘liqmi yoki klubdagi ishga - buni bilmayman. Bilganim shuki, hozircha to‘xtatishni o‘ylayotganim yo‘q. Yana 10 yil ishlashga kuchim yetadi, albatta, agar kerak bo‘lsam...  Yurgen Klopp.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 02.02.2023.
O'qildi: 1375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.