Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 01:00 Vulverhempton 0-3 Nottingem Forest

Alves uchun qamoq jazosi adolatli tayinlangan deb topildi

Alves uchun qamoq jazosi adolatli tayinlangan deb topildi

Baho:
+ | -

Barselona sudi “Barselona”ning sobiq himoyachisi Dani Alvesga nisbatan ehtiyot chorasini tanlashda uning aybiga oid dalillar yetarlicha bo‘lgan deb hisobladi, deb yozadi “RIA Novosti Sport”.

Alves 2022 yil 30 dekabr kuni Barselonadagi tungi klubda uchrashgan qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. 39 yoshli futbolchi 20 yanvar kuni qo‘lga olinib, hibsga olingan. Agar Alves aybdor deb topilsa, u 4 yildan 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, sudya Anna Marin ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risidagi qarorda Alvesning aybiga oid dalillar yetarlicha bo‘lganini yozgan.

Avvalroq Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisining rafiqasi ajrashish uchun ariza berishga qaror qilgani malum bo‘lgandi.

21 yanvar kuni Meksikaning "Pumas" jamoasi Alvesh bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. Futbolchi jamoada 2022 yilning iyunidan buyon o‘ynab kelmoqda.

Kiritildi: 14:11, 02.02.2023.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.