«Lion» hujumchisi Aleksandr Lyakazett zamonaviy futbolni biznesga qiyosladi.
«Zamonaviy futbol biznesga juda o‘xshaydi. Klublar uchun biz ... buni ayta olamanmi yoki yo‘qmi, bilmayman ... Biz tovarga o‘xshaymiz», — dedi Lyakazett.
31 yoshli fransuz joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.