Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"MYU" yozda to‘rtta futbolchisini tekinga qo‘yib yuboradi

"MYU" yozda to‘rtta futbolchisini tekinga qo‘yib yuboradi

Baho:
+ | -

Erik ten Xag hozir "Manchester Yunayted"ni har tomonlama qayta qurmoqda. Ammo u yozda tarkibning ayrim futbolchilariga javob berishga majbur. Chunki ularning shartnomasi yakuniga yetadi. "Qizil iblislar" bu mavsumda o‘zini tiklab, kerakli pog‘onaga ko‘tarila oldi. Quyida jamoa yo‘qotishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

David De Xea

"MYU"da sodiq posbonining bitimini yana bir mavsumga cho‘zish imkoni bor. Ammo hozircha bu borada gap-so‘zlar mavjud emas. Aftidan ten Xag klubdan ortiqcha pul ketishini istamayapti. Chunki De Xea haftasiga 375 ming funt maosh oladi. Balki mavsum so‘ngiga qadar ispan futbolchisi yangi shartnoma tuzar. Buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

Aksel Tuanzebe

25 yoshli himoyachi "Manchester Yunayted" safidagi so‘nggi bahsini 2021 yilda, Yevropa ligasi finalida o‘tkazgandi. Shundan keyin u "Napoli"ga ijaraga ketadi. U yerda ham Akselning omadi chopmadi va qaytib keldi. Ayni damda himoyachi "Stok Siti"da ijara asosida harakat qilmoqda. U yozda katta ehtimol bilan jamoadan ketadi.

Fil Jons

Jons "qizil iblislar" safida jami 200 dan ortiq bahslarda ishtirok etgan. Ammo so‘nggi bir necha yilda himoyachi zaxiraga mixlanib qolgandi. U o‘tgan yili qishda, ikki yillik tanaffusdan keyin ilk rasmiy o‘yinda maydonga tushdi. Jonsning bu klubdagi sarguzashtlari vanihoyat 12 yildan keyin tugaydi.

Tom Xiton

Xiton 2021 yilning yozida jamoaga olib kelingan. U De Xea va Din Xendersonga o‘rinbosar bo‘lishi kerak edi. Darvozabon jamoaga kelganidan beri bor-yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushirildi. Shulardan biri "Charlton"ga qarshi kubok bahsida yuz bergan va "MYU" 3-0 hisobida zafar quchgan. Rahbariyat Xitonni yana qo‘shimcha bir yil jamoada olib qolish huquqiga ega. Ammo bu imkoniyatdan foydalaniladimi yoki yo‘q, bu so‘roq ostida.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 20:44, 03.02.2023.
O'qildi: 3485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.