Qamoqxona Dani Alves uchun muammo tug‘dirishda davom etmoqda - u pul yo‘qotmoqda, oilasidan, endi esa homiylaridan ayrilyapti. O‘zining shon-shuhrati va mashhurligi tufayli tajribali futbolchi qo‘shimcha pul ishlashga imkon beradigan bir nechta shaxsiy shartnomalarga ega edi.
Ammo endi “kelishuvlar” tugamoqda – bukmekerlik konserni Alves bilan shartnomani bekor qildi, braziliyalik sug‘urta kompaniyasi Hygia Saude, shuningdek kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi Ethika ham u bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Adidas esa 18 yanvar kuni yakunlangan shartnomani yangilamadi.