Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya - Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl - Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo - Selta
20/12 20:00 Bornmut - Byornli
20/12 20:00 Brayton - Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton - Brentford
20/12 20:15 Levante - Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul

"Chelsi" Maunt bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi

"Chelsi" Maunt bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachi Meyson Maunt bilan shartnomani uzaytirish taklifini rad etganidan keyin u bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Meyson jamoa rahbarlari uni yangi kelganlarga qaraganda kamroq qadrlashini his qildi. Uning amaldagi shartnomasiga ko‘ra, Maunt haftasiga 80 ming funt maosh oladi. Futbolchi yangi shartnomaga ko‘ra, "Chelsi"dan maoshini 3 baravar oshirishni istamoqda, ammo klub unga Raxim Sterling kabi yangi kelganlardan ancha kam maosh taklif qilgan.

Kelgusida muzokaralar davom etishi kutilmoqda. Enso Fernandes va Mixail Mudrik bilan shartnoma imzolagandan so‘ng, Meyson o‘zining klubdagi maqomiga shubha qilmoqda.

Maunt "Chelsi" akademiyasining bitiruvchisi. Futbolchi joriy mavsumda klub safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:11, 05.02.2023.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.