Pep Gvardiola 7 uchrashuvda Antonio Konte jamoalariga qarshi 4 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostidagi "Manchester Siti" bugun APLning 22-turida "Tottenxem"ga (0:1) mag‘lub bo‘ldi.
Konte "shporlar" bosh murabbiyi sifatida Gvardiolaning "shaharliklar" jamoasiga qarshi 3 ta o‘yinning 2 tasida g‘alaba qozongan. Italiyalik mutaxassisning "Chelsi"dagi faoliyati davomida murabbiylar o‘rtasidagi qarama-qarshilik statistikasi 2:2.
Konte o‘t pufagidagi operasiya qilingani uchun bugungi o‘yinni o‘tkazib yubordi.