Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" "Real"ning "Malyorka"dan uchralgan mag‘lubiyatidan xursand ekanligini yashirmadi (foto)

"Barselona" "Real"ning "Malyorka"dan uchralgan mag‘lubiyatidan xursand ekanligini yashirmadi (foto)

Baho:
+ | -

"Barselona" ijtimoiy tarmoqlarda "Real"ning "Malyorka"dan uchralgan mag‘lubiyatiga (0:1) munosabat bildirdi.

La Liganing 20-turidan o‘rin olgan "Real" va "Malyorka" o‘rtasidagi o‘yin yakunlangach, "Barselona" matbuot xizmati klubning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida Xavining kulib turgan suratini joylashtirdi va suratga tabassumli emodzi joyladi.

O‘sha kuni birozdan keyin "Barselona" "Sevilya"ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, La Liga turnir jadvalida "Real"dan ustunligini 8 ochkoga yetkazdi.

Keyingi turda "Barselona" safarda "Vilyarreal" bilan o‘ynaydi. "Real" klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng 15 fevral kuni "Elche"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:26, 06.02.2023.
O'qildi: 5057 marta.
Fikrlar: 60 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.