Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Manchester Siti"siz APL javdali qanday ko‘rinish oladi? "Arsenal" va "MYU" bundan xursand bo‘lishi aniq

"Manchester Siti"siz APL javdali qanday ko‘rinish oladi? "Arsenal" va "MYU" bundan xursand bo‘lishi aniq

Baho:
+ | -

Angliyaning amaldagi chempioni "Manchester Siti" moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanib, APLda tushib ketishi mumkin. Agarda bu taxmin o‘zini oqlasa, u holda "shaharliklar"ning bu mavsumdagi natijalari butunlay bekor qilinadi. Mavsum davomida "Manchester Siti"dan ochko olib qo‘ygan yettita jamoaning natijalarida ham o‘zgarish yuz beradi. Klub uchun ko‘plab jazolar qo‘llanishi mumkin. Ular ichida eng yengilidan tortib, ochko olib qo‘yish, hatto, APLdan tushirib yuborish ham mavjud.

Agarda "Manchester Siti" ligani tark etgudek bo‘lsa, "Arsenal" turnir jadvalida 11 ochko farq bilan yetakchilik qila boshlaydi.
"Shaharliklar"ga qo‘yilayotgan ayblov aniq va lo‘nda – klub 2009 yildan to 2018 yilga qadar, to‘qqiz mavsum davomida moliyaviy cheklovlarni buzib kelgan. 2018-19 yildan beri jamoaning moliyaviy masalalari nazoratda bo‘lmagan. Shu sabab, qolgan to‘rt mavsumning hisobotlari ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. "Manchester Siti" turnir jadvalidan olib tashlansa, yagona va yaqqol yetakchi "Arsenal" bo‘lib qoladi. Albatta, "to‘pchilar" pastroqdagi "MYU" va "Nyukasl"ning holatidan yaxshi xabardor. Chunki "shaharliklar"ning yo‘qolib qolishi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rindagi klublar natijasiga ham ta’sir qiladi. Chunki "qarg‘alar" va "qizil iblislar" "Manchester Siti" bilan o‘yin o‘tkazib, ochko olgan yettita klublar ichida mavjud.

"MYU" yanvar oyida "Manchester Siti"ni 2-1 hisobida mag‘lub etgan. Agarda bu natija bekor bo‘lsa, Erik ten Xag jamoasi 42 ochko emas, balki 39 jamg‘argan bo‘ladi. Shuningdek, "Nyukasl"dan ham bir ochko ayirib tashlanadi. Negaki, ular amaldagi chempionlar bilan avgust oyida 3-3 hisobida durang qayd etgandi. Shunga qaramay, Eddi Xau jamoasi gollar nisbatiga ko‘ra, "MYU"dan oldinda, ikkinchi pog‘onada joylashadi. "Tottenxem"ning o‘rni ham jadvalda tepaga siljib, to‘rtga chiqadi. Biroq, YECHLga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rin, "Manchester Siti" bilan APLdan olib tashlanadi. Ya’ni, APLda 3 klub YECHLga chiqa oladi xolos. "Shporlar" yaqinda "shaharliklar"ni mag‘lub qilgan. Shu sabab bu jamoa ham uch ochkosidan ayriladi.

2022-23 yilgi mavsumda, shuningdek, "Manchester Siti"dan "Everton", "Brentford", "Liverpul" va "Aston Villa" ochko olib qo‘ya olgan. Xususan, "Liverpul" Gvardiola jamoasini 1-0 hisobida mag‘lub etgan. O‘sha uch ochkosiz mersisaydliklar 10 o‘ringa tushib qoladi. 9 o‘ringa "Aston Villa" chiqib oladi. Bu mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan "Brentford" oktyabr oyida "Manchester Siti"ni o‘z maydonida mag‘lub qilib qaytgan. Ammo "arilar"dan ham uch ochko olib tashlanadi. Shunga qaramay, londonliklar Yevrokuboklarga yo‘llanma beruvchi, yettinchi o‘rinda qolaveradi.
Javdaldagi "Everton" Yangi yil arafasida "shaharliklar"dan ochko tortib olgan edi. O‘sha yagona ochko olib tashlansa, liverpulliklar jadvalda qolgan 19 klub ichida 17 o‘rinni band etadi. Shon Daych jamoasi ostida faqatgina "Bornmut" va "Sautgempton" qoladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:57, 07.02.2023.
O'qildi: 5788 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.