Angliya premyer-ligasi klublaridagi rahbarlar «shaharliklar»ning moliyaviy firibgarliklari isbotlangan taqdirda «Manchester Siti»ni ligadan chiqarishni talab qiladi. Bu haqda Britaniya OAV xabar bermoqda.
Premyer-liga rahbarlari hozirda «Man Siti»ning kelajagini muhokama qilishmoqda. Eslatib o‘tamiz, «shaharliklar» moliyaviy feyr-pley qoidalarini muntazam ravishda buzganlikda ayblanmoqda.
Manbaga ko‘ra, Premyer-liga rahbarlari «Man Siti»ning quyi ligaga tushib ketishi barcha uchun saboq bo‘ladi, deb hisoblashmoqda.