Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Aleksis Sanches bilan sotib olgan futbolchilarining taqdiri nima bo‘lgandi?

"Arsenal" Aleksis Sanches bilan sotib olgan futbolchilarining taqdiri nima bo‘lgandi?

Baho:
+ | -

Aleksis Sanches "Arsenal" tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri sifatida klub tarixida iz qoldirdi. U to‘pchilar safida 166 ta o‘yin o‘tkazib, 80 ta golga mualliflik qilgan. Chililik hujumchi 2014 yilning yozida "Barselona"dan Angliya poytaxtiga ko‘chishni amalga oshiradi. Uning xizmatlari uchun "Arsenal" kataloniyaliklarga 30 million funt to‘lab bergandi. Sanches Londonga kelishi bilanoq o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ha, u "MYU"ga o‘tib, muxlislarni ranjitgandir. Ammo Sanches bilan olib kelingan qolgan futbolchilarning taqdiri nima bo‘lgandi? Quyida shu haqida so‘z boradi.

Xyugo Keto

Finlandiyalik darvozabon 2014 yilda, 16 yoshida klubga olib kelinadi. Keto, asosan, akademiya safida harakat qilgandi. 2015-16 yilgi mavsumda Keto porlaydi va jamoasi bilan yoshlar o‘rtasidagi Angliya kubogiga yo‘l oladi. Ammo yosh futbolchi asosiy tarkibga kira olmagan. Keto 2018 yilda "Brayton"ga transfer qilinadi. U yerda ham darvozabonga ishonch bildirilmadi. Shu sabab u 2020 yilning yozida Xelsinkiga qaytdi. Ayni damda Keto Norvegiyaning "Sandefyord" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Matyo Debyushi

Garchand jamoada to‘rt yil qolgan bo‘lsada, Debyushi o‘ta beqaror o‘yinlari sababli asosiy tarkibga to‘la kira olmadi. 2014 yilda xarid qilingan himoyachi, jarohatlar girdobida qoladi va o‘z o‘rnini Ektor Belyeringa boy beradi. 2015-16 yilgi mavsumda Debyushi faqat ikki bor asosiy tarkibda maydonga tushgan xolos. Fransiyalik futbolchi 2018 yilning qishida jamoadan erkin agent sifatida ketgan edi. Himoyachi o‘sha yili "Sent-Etyen" safiga yo‘l olgan. Hozirda Debyushi Liga 2 jamoasi bo‘lmish "Valansyen" sharafini himoya qilmoqda.

Kallum Cheymbers

2014 yilda "Sautgempton"dan Cheymbers ismli himoyachi sotib olinadi. U markaziy himoyada ham, qanotlarda ham birdek yaxshi o‘ynay olardi. O‘sha yil oxirida Cheymbers, hatto, "Oltin bola" sovriniga ham nomzod sifatida ko‘rsatiladi. Ammo u, Stounz va Koman, Sterling tomonidan mahf etiladi. Jami, Cheymbers "kanonirlar" safida 122 ta o‘yinda maydonga tushdi. U orada ikki mavsumni "Fulxem" va "Midlsbro"da ijara asosida o‘tkazgan. 2022 yilning yanvarida, Cheymbers "Aston Villa"ga sotib yuboriladi.

David Ospina

Ospina 2014 yilgi mundialda Kolumbiya safida fantastik o‘yin ko‘rsatgandi. Shu sabab u "Arsenal" nazariga tushib, turnirdan keyin "Nissa"dan xarid qilinadi. Ospina Shesniyga raqobatchi sifatida olib kelingandi. Polshalik posbon sigareta chekib, jazoga tortilgach, aynan Ospina asosiy tarkibda doimiy ko‘rinish bera boshladi. U 2015 yilgi "Oltin to‘p" sovriniga da’vogar sifatida ham ko‘rsatiladi. Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, bu haqiqat. Ospinaning zo‘r davri darrov yakunlandi. Bir qancha qo‘pol xatolaridan keyin, Arsen Venger uni "Napoli"ga ijaraga berib yuboradi va o‘rniga Bernd Lenoni olib keladi. Ospina o‘sha yili yozda jamoani butunlay tark etgandi.

Denni Uelbek

Hujumchi o‘zi o‘ynagan jamoalarda muxlislarning yoqimtoyiga aylana olgan. U 2014 yilda "MYU"dan Shimoliy Londonga ko‘chib o‘tadi. Angliyalik futbolchi "Arsenal" safida 100 ta bahsda 24 ta gol uradi. 2015 yilgi kubok bahsida Uelbek "Manchester Yunayted"ga gol urib, turnirdan chiqarib yuborgan. Ammo uning o‘zi ham finalda jarohat sababli qatnasha olmagan. Tiklanish jarayonlari cho‘zilib ketganligi sababli "Arsenal" uni sotishga qaror qildi. 2019 yilda Uelbek "Uotford"ga yo‘l oladi. Ayni damda qahramonimiz "Brayton"da harakat qilmoqda. U sobiq jamoalari bilan kurashda doimo muammo tug‘dira oladigan futbolchilar qatorida e’tirof etiladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 15:49, 08.02.2023.
O'qildi: 2675 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.