Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Vinisius bilan bog‘liq muammo jiddiy tus olmoqda. Muammo nimada?

Vinisius bilan bog‘liq muammo jiddiy tus olmoqda. Muammo nimada?

Baho:
+ | -

Vinisius Junior hozirda La Ligada eng ko‘p muhokama qilinadigan futbolchi va bu yerda gap unchalik futbol haqida ham emas, chunki vinger «Real Madrid»ning ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi va gol-pas tizimi bo‘yicha chempionatda yettinchi o‘rinni band etgan. Lekin shunday bo‘ladiki, bu mavsumda Vini ko‘proq uning driblingi, shoshqaloqligi va gol urishi nuqtayi nazaridan e’tibor markazida emas. 22 yoshli braziliyalikni Ispaniya futbolining yarmi yomon ko‘radi degan tuyg‘u paydo bo‘lgan, chunki raqiblar uning oyoqlariga ataylab tepadilar, muxlislar haqorat qiladilar va tribunadagi futbolkalarga qo‘g‘irchoqlarni qo‘pol ravishda osib qo‘yishadi.

Hammasi sentyabr oyida boshlangan, o‘shanda Madrid derbisi arafasida «Atletiko» sardori Koke, agar Vinisius gol urib, raqsga tushsa nima bo‘ladi degan savolga shunday javob bergan edi: «Unda ertaga muammolar bo‘ladi, raqsi uchun, albatta». Shundan so‘ng braziliyalik futbolchi to‘rt turda ketma-ket gol urdi va har safar samba uslubida gollarini nishonladi. Bu esa ko‘plab muxlislar va raqib futbolchilarini g‘azablantirgan ko‘rinadi. Deylik, «Malyorka» bilan o‘yin so‘nggida Vinining har bir epizodda ochiqchasiga oyog‘idan tepishni boshlashdi. Marca xabariga ko‘ra, futbolchilar buni bosh murabbiy Xavyer Agirrening taklifiga ko‘ra atayin amalga oshirgan. Hammasi Agirre va Vinisius o‘rtasidagi to‘qnashuv bilan yakun topdi – Anchelotti o‘z futbolchisini ishontirishga majbur bo‘ldi.

«Atletiko»ga qarshi derbidan bir kun oldin Ispaniya agentlari assosiasiyasi prezidenti Pedro Bravo televizorda Vinisiusning raqslari haqida qattiq gapirdi: «Vinisius raqiblarini hurmat qilishi kerak. Agar siz raqsga tushmoqchi bo‘lsangiz, Braziliyaga boring. Ispaniyada siz raqibingizni hurmat qilishingiz va maymun kabi harakat qilishni to‘xtatishingiz kerak». Bu so‘zlar qanday rezonans keltirib chiqarganini taxmin qilish qiyin emas. Bravo «maymun» so‘zini ma’joziy ma’noda qo‘llagani uchun bahona topishga majbur bo‘ldi, bu agentni irqchilik ayblovlaridan qutqara olmadi. Vinisiusni Neymar, Risharlison va Braziliya terma jamoasidagi bir qator sheriklari qo‘llab-quvvatladi. Uning o‘zi ushbu voqealarga quyidagicha javob berdi: «Ssenariy har doim kechirim so‘rash bilan tugamoqda. Bu yaxshi emas. Ular meni noto‘g‘ri tushunishdi. Ammo men siz uchun takror aytaman, hoy irqchilar: «Men o‘z raqsimni to‘xtatmayman. Sambadromda (Braziliyadagi karnaval o‘tkaziladigan ko‘cha), Bernabeuda yoki boshqa joyda bemalol harakatlanaveraman».

«Real Madrid» va «La Liga» mutasaddilari ham Vinisiusni himoya qilishdi, ammo insayderlar hatto jamoa ichida ham braziliyalikning xatti-harakatidan unchalik mamnun emasliklari haqida matbuotda xabarlar paydo bo‘la boshladi. Cadena SER ma’lumotlariga ko‘ra, «Malyorka» bilan o‘sha o‘yinda vingerning o‘zi raqiblariga qarata «g‘alaba qozonaman deb o‘ylaysizmi?», - deya bosim o‘tkazgan. Vini shuningdek, ish haqining har xil darajasi bilan maqtangan. Umuman olganda, «Real Madrid» kiyinish xonasida uning sheriklari Vinisiusdan bunday ishlarni to‘xtatishni bir necha bor so‘rashgan, ammo u maslahatlarga quloq solmagan.

«Atletiko»ga Vinisius gol ura olmadi, bu barchni navbatdagi janjaldan qutqarib qoldi. O‘shandan beri braziliyalik kamdan-kam hollarda to‘p kiritdi - La Liganing 15 o‘yinida atigi 3 ta gol. Ammo uning figurasi atrofidagi keskinlik tobora kuchayib bormoqda. Raqiblar bilishadiki, Vinining jahlini chiqarish oson va uning maydondagi xatti-harakati vaziyatni yanada kuchaytiradi. Noyabr oyida «Rayo Valyekano» himoyachisi Ivan Balliu «Real» hujumchisiga qarshi kurashda ataylab iflos hiyla ishlatganini tan oldi: «Men uning qulog‘iga ataylab urdim, lekin uning bunga javobi keskin bo‘lib ketdi. Unda meni urish yoki jarohat yetkazish niyati yo‘q edi. O‘sha paytda u ko‘p gapirdi, men uchun qizil kartochka talab qildi. Bunday futbolchilarni to‘xtatish qiyin. Biz shunday texnik kuchli futbolchilarga jiddiy chora ko‘rishimiz kerak, bu futbolning boshqa tomonidir», - dedi Balliu.

Lekin Vinida haqiqiy ishtiyoq jahon chempionatidan keyin boshlandi. «Real Madrid» bilan Ispaniya Kubogi chorak finali arafasida «Atletiko» muxlislari shaharda Vinisius nomi va raqami yozilgan qo‘g‘irchoqni osib qo‘yishdi va uning yoniga «Madrid ahli «Real»ni yomon ko‘radi» degan ulkan bannerni osib qo‘yishdi. Polisiya hatto, bu ish bo‘yicha tergov boshladi va oltita gumondorni aniqladi.

Marca nashri Viniga Yevropada eng ko‘p qoidabuzarlik ishlatilganini aniqladi. La Ligada 79 ta qo‘pollik (taqqoslash uchun: Neymar bu borada ortda qolgan, 59 ta qoidabuzarlik bilan). Ya’ni, Vinicius har 20 daqiqada oyoqlaridan zarba qabul qilib olgan. Ko‘pchilik Ispaniya chempionatida yosh braziliyalik uchun haqiqiy janglar e’lon qilinganiga ishonishadi. Relevo nashrining yozishicha, Vinicius va uning atrofidagilar hakamlarning futbolchini qo‘pollik va irqchilik ko‘rinishlaridan himoya qilmayotganidan norozi, OAV esa uning figurasi atrofidagi janjallarni sun’iy ravishda avj oldirgan. Muxlislar braziliyalik futbolchi to‘pga tegsa, hushtak chalishdi va o‘yindan keyin uni maymun, ahmoq deb atashdi (liga allaqachon irqchilik deb topilgan epizodlar bo‘yicha tekshiruv boshlagan).

Futbolchi tanaffusga jo‘nab ketish oldidan muxlislarga «Real Madrid» gerbiga ishora qilib javob qaytardi. Ikkinchi bo‘limdagi bu ishorasi uchun o‘ch sifatida «Malyorka» himoyachisi Raillo durangga qarab ketayotgan bahs oxirida Vinisiusga qarata «qani, futbolkangdagi klub emblemasini o‘pmaysanmi», deya hazil qila boshladi. El Chiringuito xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi «Malyorka» futbolchilariga ham shunday degan: «Nafaqaga chiqqaningizdan so‘ng yangi ish qidirishingiz kerak bo‘ladi, chunki sizda hech qachon mendek ko‘p pul bo‘lmaydi». To‘g‘ri, statistik ma’lumotlar ham o‘rinli – braziliyalik futbolchiga bir o‘yinda 10 marta qo‘pollik ishlatilgan, 2013 yildan beri La Liganing birorta o‘yinchisiga bunchalik tez-tez qoida buzishmagandi.

«Men so‘ramoqchi bo‘lgan savol: muammo nimada? Vinisiusdami, uni himoya qilmaydigan jamoadoshlaridami? Muammo Vinisius atrofida nimalar sodir bo‘layotganida. Bu ispan futbolidagi muammo, uni hal qilish kerak. Vinisius aybdor emas - u men tushunmaydigan narsaning qurboni bo‘ldi », - Karlo Anchelotti o‘yindan so‘ng bu savolga javob berdi.

Vinisius La Liga klublarining nafratiga aylangan. Hozirgi vaziyatda asosiy aybdor kim ekanligini aniq aytish qiyin. Bir narsa aniqki – vaziyat o‘ta keskinlashib bormoqda va Ispaniya futbol federasiyasi bu borada albatta nimadir qilishi kerak.

Kiritildi: 14:50, 09.02.2023.
O'qildi: 5082 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.