Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Gari Nevill so‘nggi voqealardan keyin APL chempioni kim bo‘lishini bashorat qildi

Gari Nevill so‘nggi voqealardan keyin APL chempioni kim bo‘lishini bashorat qildi

Baho:
+ | -

"Sky Sports" muxbiri Gari Nevill 2022-23 yilgi mavsum borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, "Arsenal" chempionlikka erishadi. Ammo, avvalroq, Nevillning fikri boshqacharoq edi va u "Manchester Siti" o‘z holiga qaytib, Mikel Arteta jamoasini ortda qoldirishini bildirgandi. Hozir uning nuqtayi nazari o‘zgargan. Nevillning ta’kidlashicha, mavsumning ikkinchi qismi to‘pchilar uchun birinchi qismidagidek, muvaffaqiyatli va silliq kechmaydi.
"Arsenal" mavsumning 19 o‘yinida 50 ochko to‘plashga erishgan. Ammo 20 turdagi "Everton"ga mag‘lubiyat, jamoaning ruhiyatiga yomon ta’sir qildi. Nevillning farazicha, "Arsenal" bundan keyin nisbatan beqaror o‘yinlar o‘tkazib, ko‘p qoqilishlarga duch keladi.

U o‘z fikrini asoslab berar ekan, jumladan shunday deydi: "Men bu mavsumda 85 ochko, bir jamoaning APL chempioni bo‘lishi uchun yetadi deb o‘ylayman. Chunki joriy mavsum haqiqatdan ham o‘ta kurashlarga boy o‘tmoqda. Shuning uchun "Arsenal" osonlik bilan chempion bo‘la olmaydi. Bu klub anchadan beri Angliyada tengsiz deb topilmagan. Hatto, 2004 yilda, ular chempionlikka erishgan yili ham Arsen Venger shogirdlari katta qiyinchiliklarga duch kelgandi. Biroq, bu mavsumda "Arsenal"ning katta farq bilan oldinda ketayotganini hisobga olib, shuni aytish mumkinki, ochkolardagi tafovutning oshishi ko‘p narsaga oydinlik kiritib berishi mumkin. Vaziyat mutlaqo teskari tomonga ham o‘zgarishi, hech gap emas. Mavsum oxiriga qadar "Arsenal"ning har bir mag‘lubiyati "Manchester Siti"ning bosimni oshirishiga olib keladi. O‘rtadagi farq har bir turda qisqarib qolishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, taxminlar qilish mumkin. Deylik, agarda, mavsum tugashiga besh-o‘n tur qolganida "Manchester Siti" "Arsenal"dan o‘zib ketsa, "shaharliklar" 10 ochko farq bilan chempionlikka erishadi. Bordiyu, "Arsenal" ligani yutsa, u holda, bu voqea so‘nggi turlarda yuz beradi. Ya’ni "Arsenal" uchun hammasi nisbatan murakkabroq bo‘ladi".
Nevill "Manchester Siti"ni nega bu mavsumda chempion bo‘la olmasliginini asoslab berishga harakat qildi. Uning fikricha, bunga asosiy sabab Pep Gvardiola tomonidan qabul qilinayotgan ayrim g‘alati qarorlardir.

Nevill o‘z so‘zida davom etar ekan: "Yakshanba kungi "Tottenxem"ga qarshi o‘yindagi "Manchester Siti"ni ko‘rib, menda ilk marta g‘alati his paydo bo‘ldi. Shunda men, "Arsenal" chempion bo‘lsa kerak deya o‘ylay boshladim. Jamoasi yengilganidan keyin Gvardiola menga aqlsizdek tuyuldi. Uning bahs davomidagi qarorlarini anglashga qiynaldim. Nega Kevin De Bryuyne boshidan o‘ynamadi, nega Ilkay Gyundoganni vaqtida tashlamadi, nega Ruben Diash markaziy himoyadan chiqarib yuborildi? Bularning bari bizga qorong‘u. Lekin o‘ta g‘alati qarorlar edi.

Mana shu o‘yinga qadar "Manchester Siti" "Arsenal"ga yetib olishiga ishonchim komil edi. Ammo yakshanbadan keyin bu borada menda savollar paydo bo‘ldi. Hatto, "Tottenxem"ga qarshi bahs oldidan men bunga 100 foiz amin edim. Endi esa hammasi o‘zgardi. Mavsum oxiriga borib, so‘nggi besh yilda yana London jamoasi chempion bo‘lishini ko‘rsak kerak", - dedi.
Ayni damda "Manchester Siti" bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda "Arsenal"dan besh ochkoga ortda qolmoqda.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:39, 10.02.2023.
O'qildi: 4427 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.