Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Tyuramni kuzatishda davom etmoqda

"Barselona" Tyuramni kuzatishda davom etmoqda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi Menxengladbaxning “Borussiya” klubi hujumchisi Markus Tyuramni kuzatishda davom etmoqda.

Sport nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" hali ham 25 yoshli fransiyalik futbolchini kelasi yozda tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tyuramning bu mavsumda Bundesligada 10 ta gol va 3 ta golli uzatmasi bor. U Bundesligada Kristofer Nkunku va Niklas Fyullkrugdan keyin uchinchi to‘purar hisoblanadi.

Oldinroq Tyuramga "Bavariya", "Inter" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Eslatib o‘tamiz, Markusning otasi Lillian avvalroq "Barselona"da markaziy himoyachi sifatida to‘p surgan.

Kiritildi: 16:54, 10.02.2023.
O'qildi: 1438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик