Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Quvasoyning «Sementchi» jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Quvasoyning «Sementchi» jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

2022 yilgi mavsumda Farg‘ona viloyat futbol assosiasiyasi tomonidan o‘tkazilgan viloyat kubogida g‘olib chiqqan «Sementchi» jamoasi Liga tomonidan Birinchi liga musobaqasiga qabul qilindi.

«Sementchi» Farg‘ona FA ligasida 4-o‘rin bilan kifoyalagandi. Jamoa kubok sohibi sifatida o‘tgan yilning 10 noyabr kuni Qarshiga borib, o‘z hududlarida kubokka ega chiqqan jamoalar o‘rtasidagi musobaqada 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Birinchi ligaga o‘tish turnirida ishtirok etadigan bo‘ldi. Shu yilning 4 dekabr kuni esa Buxoro mezbonlik qilgan o‘tish turnirida Sementchi yana 2-o‘ringa ega chiqdi hamda Birinchi ligada ishtirok etish uchun uch da’vogardan biriga aylandi.

Shu asosda Liga «Sementchi» futbol klubini 16 yanvar kuni qabul qildi hamda uch asosiy talabni bajarish uchun muddat belgiladi. Quvasoyliklar jamoa Ustavi, guvohnomasi, moliyalashtirish manbaasi, Ustav asosida saylangan direktor, shuningdek, jamoa stadioni, o‘quv-mashg‘ulot qarorgohi bo‘yicha hujjatlarni Ligaga taqdim etdi hamda Birinchi liga ishtirokchisi sifatida a’zolikka qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, «Sementchi» jamoasi «Building Materials Production and trading group» MCHJ tomonidan moliyalashtiriladi. Ayni vaqtda Abdusamad Nazirdinov klub direktori sifatida faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Sementchi» futbol jamoasining keyingi faoliyatiga omad tilab, quvasoylik futbol muxlislarini muborakbod etadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:30, 10.02.2023.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик