Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

JCH-2022 finalining asosiy omadsizi 100 millionga baholanmoqda

JCH-2022 finalining asosiy omadsizi 100 millionga baholanmoqda

Baho:
+ | -

Randal Kolo Muani Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022da barchaning yodida qoldi, u jarohat olgan Kristofer Nkunkuga o‘rinbosar sifatida yetib keldi. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 24 yoshli hujumchiga Tunisga qarshi o‘yinda 90 daqiqa o‘ynashga vaqt berdi, ammo u maydonda hech narsa ko‘rsatolmadi. Shunga qaramay 1/2 finalda Kolo Muani 79-daqiqada maydonga tushdi va bir necha soniyadan so‘ng Marokash darvozasiga ikkinchi golni urdi va bu yakunda jahon chempionatining sensasion jamoasining turnirni tark etishi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, «Ayntraxt» hujumchisi jahon chempionatlari tarixidagi zaxiradan maydonga tushib gol urgan uchinchi eng tezkor futbolchiga aylandi. U maydonga tushganidan 44 soniya o‘tib gol urdi. Urugvaylik Richard Morales (2002 yilda Senegal, 16 soniya va daniyalik Ebbe Sand - 1998 yilda Nigeriya, 26 soniya Randaldan tezroq bu ishni uddalagandi.

Argentina bilan finalda Didye Desham tavakkal qilib, 41-daqiqada Olivye Jiru va Usmon Dembeleni maydondan olib tashladi va o‘rniga Markus Tyuram va Kolo Muanini qo‘yib yubordi. Qora tanli futbolchilarga bildirilgan ishonch o‘z samarasini berdi. «Ayntraxt» hujumchisi penalti ishlab oldi, buning natijasida Kilian Mbappe hisobni minimal darajaga tushirdi, Markus Tyuram esa «PSJ» hujumchisiga ikkinchi golga assistentlik qildi. Qolaversa, Kolo Muani penaltilar seriyasida Kingsli Koman va Aureliyen Tchuamenidan farqli o‘laroq zarbani aniq amalga oshirdi. Ammo Randal jahon chempionatidagi eng muhim daqiqani barbod qildi. 120+3-daqiqada 3:3 hisobi bo‘lib turgan bir paytda Kolo Muani Emiliano Martines bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozabonning oyog‘ini nishonga oldi — gol ura olmadi.

«Men bu lahzani hali ham ko‘rib chiqaman, buni yoddan bilaman. Yaqin burchakka zarba berishga harakat qildim, ammo darvozabon ajoyib seyv amalga oshirdi. Taqdir shunday. Men bu duelda yutqazdim. Menda boshqa variantlar ham bor edi. Kilianga pas berishim mumkin edi, chunki u ham yaxshi holatda edi, lekin uni ko‘rmadim. Keyinchalik, videoni tomosha qilganingizda, boshqa variantlar ham borligini ko‘rasiz - lekin juda kech bo‘lardi, hech narsa qilish mumkin emasdi. Hali ham tomog‘imga bir nima tiqiladi. Umrim oxirigacha bu xotiralar men bilan birga qoladi», — dedi futbolchi.

2022 yilning yozida Randal erkin agent sifatida «Nant»dan «Ayntraxt»ga o‘tdi va 5 yillik shartnoma imzoladi. Fransiyada hujumchi ikki mavsumni yaxshi o‘tkazdi, klub uchun 87 o‘yin o‘tkazdi, 23 gol urdi, 16 golga assistentlik qildi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Uning tez o‘sishiga Kristian Gurkyuffning ishonchi yordam berdi - 2020/2021 yilgi mavsumning 2-davrasidan boshlab murabbiy Kolo Muaniga asosiy tarkibdan joy bera boshladi. Hozirda «Ayntraxt»da Kolo Muani ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda: barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib «gol+pas» tizimida 12+13 ochko jamg‘ardi, shular qatorida Chempionlar ligasida «Marsel» va «Sporting»ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba gollariga muallif bo‘ldi. Uning sharofati bilan nemis klubi Chempionlar ligasining 1/8 finalida «Napoli» bilan o‘ynaydi. Bundan tashqari, JCH-2022 kumush medali sovrindori Bundesligada 18 ta o‘yinda «gol+pas» tizimi bo‘yicha eng yaxshi va assistentlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Transfermarkt tomonidan 37 million yevroga baholangan hujumchiga «Bavariya», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgan. L’Équipe xabariga ko‘ra, «Ayntraxt» fransuz uchun 80 million yevro yig‘moqchi bo‘lgan, ammo uning muvaffaqiyatli o‘yinlari fonida ular narxni 100 million yevroga ko‘tarishgan. Agar «burgutlar» o‘z maqsadiga yetisha olmasa, Randal yozda klubni tark etishi mumkin. «Ayntraxt» ayni damda Bundesligada 5-o‘rinda bormoqda. Bir oy oldin jurnalist Florian Plettenberg Kolo Muani avvaliga «Bavariya» yoki Dortmundning «Borussiya»siga o‘tishni, keyin esa Premyer-liganing bir jamoasi safiga o‘tishni istayotgani haqida yozgandi. Endilikda Bundesliganing eng yaxshi to‘purarlari beshligida birdaniga uchta fransuz bor - Kristofer Nkunku (12), Markus Tyuram (10) va Randal Kolo Muani (9). Nkunku yozda «Chelsi»ga o‘tadi, Tyuram «Atletiko»ning asosiy maqsadi hisoblanadi. Kolo Muanida esa ko‘proq imkoniyatlar bor - o‘ylash kerak bo‘lgan narsalar ko‘p.

Kiritildi: 11:52, 11.02.2023.
O'qildi: 1925 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.