Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Emeri: "Bunday raqibga tayyor emasdik"

Emeri: "Bunday raqibga tayyor emasdik"

Baho:
+ | -

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri APL 23-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin (1:3) natijalarini sarhisob qildi.

“Mehmondagi uchta g‘alabadan keyin qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik, ammo bunday raqibga tayyor emasdik. Biz xatolarga yo‘l qo‘ydik, o‘tkazib yuborgan gollarimizdan qochishimiz mumkin edi.

Ikkinchi bo‘limda biz barqaror bo‘lishga, hisobni unutishga va raqobatbardosh bo‘lishga harakat qildik va o‘ylaymanki, bunga erishdik.

Birinchi bo‘limda raqib bizdan ustunroq bo‘ldi va uchrashuvni hal qildi. Muxlislarimizdan faqat uzr so‘rashim mumkin. Biz avvalgidek o‘ynamadik.

Bu yomon o‘yin bo‘ldi, ammo biz bu tajribani o‘rganishimiz va keyingi o‘yinlarda qo‘llashimiz kerak”, - deydi murabbiy Sky Sports telekanaliga.

"Aston Villa" 28 ochko bilan APL turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 02:00, 13.02.2023.
O'qildi: 1169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик