Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Emmanuel Adebayor: «Spartak» meni o‘z safiga qo‘shish uchun naq besh yil uringan edi»

Emmanuel Adebayor: «Spartak» meni o‘z safiga qo‘shish uchun naq besh yil uringan edi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» va «Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor ham Moskvadagi «Megasport» sport saroyida yubiley - 15-marta o‘tkaziladigan Konstantin Yeryomenko nomidagi Afsonalar Kubogida Afrika jamoasining a’zosi sifatida ishtirok etadi.

 10-12 fevral kunlariga belgilangan ushbu turnirda 6ta jamoa ishtirok etadi: Rossiya, MDH, Yevropa, Afrika, Lotin mamlakatlari afsonalari va yulduzlar jamoasi. Musobaqadan ikki hafta oldin togolik afsona «Chempionat» bilan bo‘lajak musobaqa haqida suhbatlashdi, Arshavin va Pavlyuchenkoni esladi, shuningdek Rossiya futboli haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bilamizki har yili butun dunyodan futbol yulduzlari Rossiyaga kelishadi. Afsonalar Kubogi siz uchun nima?

- Ha, bu ajoyib! Men bunday musobaqani jahon futboli afsonalarini ko‘rish va o‘ynash uchun ajoyib imkoniyat deb atagan bo‘lardim. Men uchun bunday tadbirning bir qismi bo‘lish baxtdir. Aslida bunday loyihalarda ishtirok etishga qiziqaman. Tuyg‘ularim faqat eng ijobiy va kuchli.

- Turnirga ko‘pchilik keladi, masalan, Emmanuel Ebue, Maykon... Eski tanishlar bilan uchrashishdan oldin qanday his-tuyg‘ular bor?

- Buni sabrsizlik bilan kutyapman! Albatta, ba’zi qiziq onlar va qanday qilib birgalikda mashq qilib, maydonga tushganimizni eslashga ishonchim komil. Ba’zan bir vaqtlar qanday baxtli bo‘lganimni his qilish uchun orqaga qaytish juda yaxshi va to‘g‘ridir. Ammo shuni ham aytishim kerakki nafaqat sobiq klubdoshlarni, balki sobiq raqiblarni ham ko‘rish yoqimli bo‘ladi.

- Turnirda Rossiya jamoa­si ham o‘ynaydi. Siz uning ayrim vakillariga qarshi o‘ynagansiz. Kimga qarshi turish eng qiyin bo‘lganini eslay olasizmi?

- Bu qiyin bo‘ladi, chunki faoliyatimda raqiblarim juda ko‘p bo‘lgan. Biror familiya xayolga kelmayapti! Ammo ishonchim komilki, bu o‘yinlar qiyin, qiziqarli va hayajonli o‘tgan. Agar umuman rus futbolchilari haqida gapiradigan bo‘lsak, albatta, Arshavinni eslayman. U g‘ayrioddiy yigit edi.

- Unday bo‘lsa Andrey haqida qiziqarli yoki g‘ayrioddiy biror voqeani aytib bersangiz.

- Maydon tashqarisida yoki mashg‘ulotlarda u bilan hech qachon alohida muloqot qilmaganmiz. Faqat mashqlardan keyin dushga borib, keyin uyga ketayotgan mehribon yigitni eslayman.

- Arshavin darajasini baholab bersangiz. Rossiyada u Yevropa futbolida o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish etmagan degan fikr bor...

- «Arsenal»da qachon o‘ynaganini bilmayman, u eng yaxshilaridan biri edi. Andrey yaxshi edi. Uning «Liverpul» darvozasiga yo‘llagan pokerini hech qachon unutmayman, bu aql bovar qilmaydigan o‘yinchining ajoyib ijrosi edi. Futbolchining faoliyatidagi ko‘p narsa uning tabiati va imkoniyatlariga bog‘liq. Arshavin biron bir joyda bu masalaga jiddiy munosabatda bo‘lmagandek tuyulishi mumkin, ammo bu umuman to‘g‘ri emas. Men uning mashq qilayotganini, «Arsenal»da o‘ynaganini, APL va YECHLda katta jamoalarga gol urganini va bu Rossiya terma jamoasi uchun nimani anglatishini ko‘rdim. Amalga oshirilmagan potensiali haqida esa shunday deyman: siz hech narsadan afsuslanishingiz shart emas. Ammo, shuningdek, Andrey bundan ham yaxshiroq ish qilishi mumkinligiga aminman.

- «Arsenal»ni «Manchester Siti»ga almashtirgansiz, «to‘pchilar» darvozasiga gol urib, uni London muxlislari tribunasi qarshisida nishonlagansiz. Bu bilan ularga nima demoqchi bo‘lgansiz?

- Men bu klubni tark etib, unga gol urganimdan xursand bo‘ldim. «Arsenal» muxlislari meni va ota-onamni haqorat qilishdi, buni o‘yin oldidan eshitgandim. Buning evaziga nima qilishim mumkin? Faqat sevimli jamoa darvozasiga gol urish va bu odamlarni xafa qilish.

- «Real»da Mourinyo qo‘l ostida o‘ynagansiz. Joze haqida aytar so‘zingiz bormi?

- Mourinyo - boshqacha, hamma kabi emas. U futbol haqida mutlaqo noyob tasavvurga ega: mudofaa qurilishi, hujumlarni rivojlantirish, mentalitet. Men Madridda bor-yo‘g‘i olti oy bo‘ldim, lekin uning har bir mashg‘ulotini diqqat bilan tingladim, har bir so‘zni yodladim. Ha, men u bilan uzoq vaqt ishlamaganman, lekin Joze menga eng ko‘p ta’sir qilgan murabbiylardan biri ekanligiga ishonaman.

- Faoliyatingizdagi birinchi klublardan biri «Monako» edi. U yerda 3 yil o‘ynadingiz. Ayni paytda ushbu klubni kuzatib borasizmi?

- Men qo‘pol ko‘rinishni xohlamayman, lekin futboldagi yillar davomida undan qisman charchadim va bir vaqt­lar o‘ynagan barcha jamoalarni kuzatmayman. Men oilam bilan ko‘p vaqt o‘tkazishim, yaqinlarimga g‘amxo‘rlik qilishim kerak. Shunday ekan, hozir o‘zimni futbolga to‘liq bag‘ishlashim mumkin emas. Albatta aytishim mumkinki, «Monako» o‘yinlarini tomosha qilaman, bu jamoa haqida qayg‘uraman.

- Rossiyada hozir UYEFAdan OFKga o‘tishini muhokama qilmoqdalar. Bu haqda nima deb o‘ylaysiz va Rossiya futboli qanday vaziyatga tushib qoldi?

- Rossiya futboli ertami-kechmi jahon sportiga, JCH va Yevro kabi yirik turnirlarga qaytishi kerak. Chunki bu mamlakat sayyoradagi eng kattasi, aholisi ta’sirchan, bu juda muhimdir. Va u futbolga qaytishi kerak.

- Rossiya klublaridan hech qachon takliflaringiz bo‘lganmi?

- Moskvaning «Spartak» klubidan bir necha bor bo‘lgan. Ammo men Afrikadan kelgan yosh yigit edim va oldimda «Arsenal», «Tottenxem», «Manchester Siti», «Real» kabi dunyodagi eng yaxshi klublarda o‘ynash imkoniyatim bor edi. Menda Rossiyani tanlash uchun hech qanday sabab yo‘q edi. «Spartak» 2008, 2009, 2010, 2011 va 2012 yillarda, ya’ni ular meni o‘z safiga qo‘shish uchun naq 5 yil davomida urinishdi. Ularga nima kerakligini tushungandim, lekin Angliya men uchun eng jozibali variant edi.

 MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 13.02.2023.
O'qildi: 779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.