Joriy mavsumni Saloh uchun o‘tish davri deb atash mumkin. Hamma narsa tizimga bog‘liq. Ko‘p sabablar keltirish mumkin. So‘nggi besh yil davomida misrlik «Liverpul»da yuqori sermahsullik qayd etdi. Ammo joriy mavsumni u qadar yaxshi o‘tdi deb bo‘lmaydi. Butun faoliyati davomida u uchta «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan, faqat Tyerri Anri bu sovrinni Salohdan ko‘p marta yuta olgan. Biroq, bu mavsum uning asosiy sherigi Sadio Manening klubdan ketishi fonida juda ham xunuk o‘tmoqda.
Roberto Firmino, Diogo Jota va Luis Diasning jarohatlari ancha qimmatga tushdi
Yurgen Klopp ham bu haqda gapirdi:
«Har bir o‘yindan yangi narsalarni o‘rganasiz: shogirdlaringizning formasi qanaqa, to‘pni qayerga ko‘p xato uzatishyapti? Bu jihatlar hozir yaxshi emas, lekin biz eng yaxshi formamizga qaytishni, 5:0 hisobida g‘alabalar qozonishni xohlaymiz. Buning uchun qattiq ishlashimiz kerak. Salohning formasiga uning atrofidagi o‘zgaruvchanlik ta’sir ko‘rsatdi, bu esa uni qisman yakkalatib qo‘ydi va uning qayta porlash ehtimolini kamaytirdi. Hech bo‘lmaganda ko‘pchilik bu yil «Liverpul» va u bilan Muhammad o‘ziga keladi degan umidda».
Muhammadning o‘ng qanotdagi jamoadoshlari Jordan Xenderson, Xarvi Elliot va Trent Aleksander-Arnold bu mavsumda ma’lum sabablarga ko‘ra tanqid qilindi. Misrlikning yakkalanishi afsonaviy trioning parchalanishi bilan bog‘liq. Biroq klub muxlislari Saloh yangi shartnoma imzolanganidan so‘ng yomonroq o‘ynay boshlagani, biroq shunga qaramay «Liverpul» tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylangani haqida qat’iy fikr bildirishdi. Ba’zilar hatto Muhammad pik nuqtadan pastga tushganiga ishonishadi, u keyingi yozda sotilishi kerak ularning nazdida. «Liverpul» safida tez-tez maydonga tushadigan trioning o‘rtacha yoshi 30,6 yoshni tashkil qiladi. Kroos, Modrich va Kazemirodan iborat Madrid triosidan tashqari, bunday keksa yarim uchlikni boshqa jamoada topish qiyin. Jota bilan Firminoning klubdagi ahamiyati ham kamaydi. 2020 yilning kuzida Diogo Jota «bo‘rilar»dan sotib olindi. Joriy mavsum oldidan «qizillar» Darvin Nunyesni rekord summaga sotib olishdi va bu nihoyat yangi «Liverpul»ning soxta to‘qqizliksiz o‘ynashini aniq ko‘rsatdi.
Salohning deyarli barcha statistikasi yomonlashdi
«Liverpul» 2023 yilda gollar bo‘yicha muammolarga duch kelmoqda. Yangi yil boshidan beri Klopp shogirdlari Premyer-ligada atigi 1 ta gol urishdi va ularning eng yaxshi to‘purari o‘z ishini qilolmayapti. Bir tomondan, u XG modeliga ko‘ra maksimal hisobdan 3,32 ta kam gol urib, o‘z maqsadiga erisha olmadi. Shu bilan birga, o‘tgan mavsumda u o‘zi o‘tkazgan o‘yinlarning 69 foizida gol urgan yoki golli uzatma bergan bo‘lsa, joriy mavsumda bu ko‘rsatkich 42 foizga tushib ketdi. Premyer-ligadagi so‘nggi uch o‘yinda Saloh faqat bir marta zarba berdi xolos, bu vaqt ichida «Liverpul» bor yo‘g‘i bitta ochkoni qo‘lga kirita oldi. Ularning oxirgi ikkitasida Darvin o‘yinga tushmadi. Bu tasodif bo‘lishi mumkin emas. Urugvaylik futbolchi maydonda bo‘lmaganida ham Saloh hech narsa qila olmayapti.
Darvin ko‘pincha vaziyatlarni yakunlay olmagani uchun tanqid qilinadi. Biroq Saloh ayni dam ulardan qolishmaydi. U o‘tkazib yuborilgan imkoniyatlar (12) bo‘yicha Premyer-liganing kuchli 3 taligidan joy oldi. Undan faqat Erling Xoland (14) va Nunyesning o‘zi (16) yaxshiroq ko‘rsatkichga ega xolos. Tasavvur qiling, Saloh va Darvin birgalikda 28 ta xavfli vaziyatni o‘tkazib yuborishgan, ushbu lahzalarda ular atigi 12 ta gol urishgan. Salohning roli nafaqat kutilgan zarba va uzatmalarda pasayib ketdi, balki u to‘pga ega chiqish ehtimoli bo‘yicha ham ancha kamnamo bo‘lib ketdi. U o‘tgan mavsumda 90 daqiqada 33,6 marta to‘pga tegingan bo‘lsa, bu yil 25,6 marta ushbu ko‘rsatkichni qayd etdi, shulardan jarima maydonchasida - mos ravishda 9,58 va 7,33 ta. Ammo shu bilan birga, o‘zgarishlar Muhammadning mudofaa chizig‘iga tezroq yordamga kelishiga ham ta’sir qildi. U to‘pni o‘z jarima maydoni ichida tez-tez qabul qila boshladi - o‘tgan mavsumda 1,76, bu mavsumda esa 2,3 marta. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi. Bu inqirozli klubda bo‘lgan futbolchi uchun yaxshi ko‘rsatkich. Saloh bu mavsumda 173 ta gol bilan Kenni Dalglishni ortda qoldirdi. Bundan tashqari, Saloh joriy mavsum Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.