Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" to‘purari klub safida qoladigan bo‘ldi

"Bavariya" to‘purari klub safida qoladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Erik Chupo-Moting kelasi mavsumda ham Yulian Nagelsmann jamoasi safida qoladi. Sport Bild xabariga ko‘ra, kamerunlik futbolchi klub bilan yangi shartnoma borasida deyarli kelishib olgan. Eslatib o‘tamiz, hujumchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Maosh va muddat bo‘yicha yangi shartnoma shartlari hozircha kelishib olinmagan, biroq futbolchi qolish istagini bildirgan.

Joriy mavsumda Shupo-Moting “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 13 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Kamerunlik futbolchi 2020 yilning yozidan buyon jamoada to‘p suradi, o‘shanda u “PSJ”dan erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilgan.

Kiritildi: 20:13, 15.02.2023.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.