Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Surxon» futbol klubiga tegishli qarzdorlikning bartaraf etilishi to‘g‘risida

«Surxon» futbol klubiga tegishli qarzdorlikning bartaraf etilishi to‘g‘risida

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi futbolchi Murod Bobojonovning Championat.asia nashri orqali «Surxon» futbol klubidan ish haqi va boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirib berish masalasi bo‘yicha e’lon qilgan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Haqiqatdan ham «Surxon» futbol klubining futbolchilar, murabbiylar va ayrim ishchilar oldida ish haqi va boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud. Mazkur masalaning hal etilishi futbol klubini xususiy investorga o‘tkazish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar ma’lum vaqt talab etdi.

2023 yilning 6 yanvar kuni «Surxon PFK» MCHJ ustav fondidagi davlat ulushini «FC-Surhan» MCHJga sotish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, Surxondaryo viloyati hokimligi zimmasiga 2023 yilning 10 yanvariga qadar  «Surxon PFK» MCHJning o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvini o‘tkazib, klubning aniqlangan kreditor qarzdorligini bartaraf etish hamda bir oy muddatda «Surxon PFK» MCHJ ustav fondidagi davlat ulushini belgilangan tartibda «FC-Surhan» MCHJga nominal (balans) qiymatida berish vazifasi yuklatilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur qaror ijrosini bajarishga kirishgan. Biroq bunda «Surxon» futbol klubining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘liq o‘rganilishi hamda futbol klubiga tegishli qarzdorlikning haqiqiy miqdoriga aniqlik kiritish qo‘shimcha o‘rganishlarni taqozo qilmoqda. Shundan kelib chiqib, Surxondaryo viloyati hokimligiga hozirga qadar Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan barcha mehnat shartnomalarining nusxasi taqdim etilgan.

Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori asosida Surxondaryo viloyati hokimligining barcha qarzlar masalasiga oydinlik kiritishi hamda mazkur qarzdorlikni belgilangan tartibda to‘lab, futbol klubini yangi investorga o‘tkazib berishidan Liga ham birdek manfaatdor hisoblanadi. Shu asosda O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha qarzdorlik masalasi O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan hamkorlikda Liga kun tartibida turgan muhim masalalardan biri ekanligini ma’lum qilamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:55, 15.02.2023.
O'qildi: 1801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.