Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"MYU" va "Liverpul" Fransiya terma jamoasi hujumchisi uchun kurashadi

"MYU" va "Liverpul" Fransiya terma jamoasi hujumchisi uchun kurashadi

Baho:
+ | -

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani yozda Yevropaning top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

Dekabr oyida 24 yoshli futbolchining vakili bo‘lgan MDC agentligi futbolchi yana bir yilni Bundesliga klubida o‘tkazishga tayyorligini aytgandi, biroq fransiyalik hujumchi yaqinda agentini o‘zgartirgan va vaziyat o‘zgargan bo‘lishi mumkin.

Randalning yangi vakili Mussa Sissoko bo‘lib, u shuningdek "Barselona" vingeri Usmon Dembele bilan ham ishlaydi. U Yevropaning top klublari bilan aloqaga ega. "Ayntraxt" esa futbolchini 100 million yevroga sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

"Manchester Yunayted" va "Liverpul" yozda Kolo-Muani uchun takliflar yuborishi kutilmoqda, deb xabar beradi Sport Bild.

Qolaversa, so‘nggi haftalarda "PSJ" va "Real" hujumni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.

Joriy mavsumda Kolo-Muani mavsumning 28 o‘yinida 26 (14+12) ochko to‘pladi.

Kiritildi: 00:21, 16.02.2023.
O'qildi: 2011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик