Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eron terma jamoasi mart oyida Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

Eron terma jamoasi mart oyida Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Terma jamoalar / Eron
Rukn: Yangiliklar

Milliy terma jamoalarning mart oyidagi tanaffus vaqtida Eron Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu ma’lumotni Eron futbol federasiyasi rahbari Mehdi Toj tasdiqladi.

O‘yinning aniq sanasi hozircha ma’lum emas, lekin uchrashuv Eron poytaxti Tehronda bo‘lib o‘tishi haqida xabar berildi. Shuningdek, bosh murabbiysiz qolgan Eron Iroqqa qarshi navbatdagi sinov uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA va UYEFA tomonidan barcha xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan edi.

Kiritildi: 00:37, 16.02.2023.
O'qildi: 1264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик