Alan Shirerning fikricha, Erling Xoland bir mavsumda gol urish bo‘yicha Premyer-liga rekordini yangilashga qodir.
Xoland chorshanba kuni "Manchester Siti"ning "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (1:3) APLning joriy mavsumidagi 26-golini urdi va bu "Manchester Siti"ning 2014/15 yilgi mavsumda Serxio Aguero tomonidan o‘rnatilgan rekordini takrorladi.
"Men uni tabriklayman va shunchaki aytamanki, u yaxshi ishlagan. Bu qachon sodir bo‘lishi vaqt masalasidir. Agar u bir mavsumda gol urish bo‘yicha Premer-liga rekordini yangilasa men birinchi bo‘lib uning qo‘lini qisib qo‘yaman. Bu sodir bo‘lishi kerak. Menga uning munosabati, chanqoqligi va g‘ayrati juda yoqadi.
Menga uning gol urmayotganida tunda uxlamaslik haqida gapirishi yoqdi, chunki to‘purar shunday bo‘lishi kerak.
Men uning hamma narsani yaxshi ko‘raman va yuqorida aytganimdek, agar mendan mukammal markaziy hujumchi haqida so‘rasangiz, uning ismini aytaman. Menimcha, u mukammal hujumchi", - dedi Shirer Amazon Prime bilan suhbatda.
Shirer Endi Koul bilan birga bir mavsumda 34 tadan gol urgan Premyer-liganing rekordchisi hisoblanadi.