Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

"Manchester Yunayted" yangi mavsumda qanday tarkibga ega bo‘lishi mumkin? Xarri Keyn, Meyson Maunt...

"Manchester Yunayted" yangi mavsumda qanday tarkibga ega bo‘lishi mumkin? Xarri Keyn, Meyson Maunt...

Baho:
+ | -

"MYU" 2023-24 yilgi mavsumdan boshlab, asosiy tarkibida keskin o‘zgarish qilishi kutilmoqda. Yaqin davr ichida "qizil iblislar" dunyoning bir nechta super yulduzlariga qiziqish bildira boshlagan edi. Ular esa klubni yana APL uchun jiddiy da’vogarga aylantirishi mumkin. Shulardan so‘nggisi "Chelsi" hujumchisi Meyson Maunt hisoblanadi. U ortiq "Stemford Brij"da qolmasligi mumkin. Negaki, uning yangi shartnomasi borasidagi harakatlarda o‘zgarish kuzatilmayapti. Shu sababdan Angliya terma jamoasi a’zosi yozda bir nechta klublar o‘rtasida talash bo‘ladi. Ular ichida "Liverpul" va "Manchester Siti" ham mavjud.

Mauntning "MYU"ga kelishi jamoa hujumini kuchagytirishi turgan gap. U hozirgi Marsel Zabitserning o‘rnini egallashi aytilgan. Chunki yozda "Bavariya" o‘z futbolchisini yana qaytarib oladi. Bu narsa, o‘z navbatida mankunianliklar yarim himoyasida Kazemiro, Brunu Fernandesh, Frenki de Yong hamda Meyson Mauntni birlashtirish imkoniyatini yaratadi. "Barselona" yarim himoyachisi de Yong "MYU" uchun o‘tgan yili ham nishon edi. Bu yoz esa yana bir bor niderlandiyalik futbolchiga og‘iz solib ko‘rilishi aytilgan.

"Tottenxem"ning rekordchi-hujumchisi Xarri Keyn oxirgi paytlarda "Manchester Yunayted" kuzatuviga tushgandi. Agarda Angliya terma jamoasi sardori ham jamoaga qo‘shib olinadigan bo‘lsa, u holda, Keyn hozirgi Vaut Vegxorstning joyiga ega chiqadi. Keyn "MYU" hujumiga uzoq vaqt moslashishi ham shart bo‘lmaydi. Negaki, u xalqaro maydonda Markus Reshford bilan bir necha yildan beri yelkama-elka harakat qilib kelmoqda.
"Manchester Yunayted"ning Keyn bilan bog‘liq operasiyasi o‘xshamaydigan bo‘lsa, "Napoli" futbolchisi Viktor Osimxen varianti ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

Yangi mavsumda yaxshilanadigan pozisiyalardan yana biri bu darvoza sohasi sanaladi. Klubning uzoq yillik sodiq xizmatchisi bo‘lib kelayotgan David De Xeaning darajasi so‘nggi paytlarda ancha pasayib qolgan. Buni ispaniyalik futbolchining o‘zi ham sezib turibdi. Shu sababli mavsum yakunida De Xea bilan xayrlashuv amalga oshirilishi kutilmoqda. Uning o‘rnini esa "Brentford" posboni David Rayya bilan to‘ldirish rejalashtirilgan. Rayya ham Ispaniya terma jamoasi a’zosi sanaladi va u hozir ajoyib sport formasida. "Arilar" ustozi Tomas Frankning so‘zlariga ko‘ra, agarda Rayya sotuvga qo‘yilsa, uning narxi, kamida 40 million funt bo‘ladi. Qayd etilishicha, "MYU" darvozabon uchun yaxshigina sarmoya kiritishdan qochmoqchi emas.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:51, 17.02.2023.
O'qildi: 4814 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.