Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Yevropa ligasi. «Barselona» - «MYU» o‘yiniga oid raqam va faktlar

Yevropa ligasi. «Barselona» - «MYU» o‘yiniga oid raqam va faktlar

Baho:
+ | -

“Barselona” va “Manchester Yunayted” jamoalari Yevropa Ligasi 1/8 finaliga o‘tish o‘yinida o‘zaro to‘qnash keldi. “Kamp Nou”da o‘tgan dastlabki o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Katalonlarning barcha musobaqalar doirasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 17 ta o‘yinga yetdi. Oxirgi marta “ko‘k-anorranglilar” 26 oktyabrda Chempionlar Ligasi doirasida “Bavariya”ga yengilgandi (0:3). Shundan keyin Xavi shogirdlari 15 g‘alaba va 2 durang qayd etdi. Bu uchrashuvga qadar “Barsa” qatorasiga 11 ta o‘yinda g‘alaba qozongandi.

“Barselona”ning keyingi o‘yini “Kadis”ga (19 fevral) qarshi bo‘ladi, undan keyin jamoa yana “Manchester Yunayted” (23 fevral) bilan o‘ynaydi.

“Manchester Yunayted” mag‘lubiyatsiz seriyasini 7 ta o‘yinga yetkazdi. So‘nggi bor jamoa 22 yanvarda “Arsenal”ga yengilgandi (2:3). Shundan so‘ng “qizil iblislar” 5 ta g‘alaba va 2 ta durangga erishdi.

Mankunianlarning kelasi o‘yini “Lester”ga (19 fevral) qarshi bo‘ladi, “Barselona” bilan javob bahsi esa 23 fevralda o‘tkaziladi.

“Manchester Yunayted” yevrokuboklar doirasida “Barselona”ga qarshi to‘rt o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyaga yakun yasadi. Jamoalarning avvalgi to‘rtta o‘yinida La Liga klubining qo‘li baland kelgandi. Umumiy hisobda esa “Barselona”da 6 g‘alaba, “Manchester Yunayted”da 3 ta g‘alaba bor, yana 5 ta uchrashuv durang bilan yakun topgan.

Uchrashuv davomida “Barselona” raqib darvozasi tomon 18 ta zarba yo‘lladi: 7 ta aniq zarba, 8 ta noaniq zarba, 3 ta bloklangan zarba. “Manchester Yunayted”da bu ko‘rsatkich 17 taga teng: 5 ta aniq, 7 noaniq, 5 bloklangan.

Mezbonlar 47 ta hujum tashkil qilgan, inglizlar esa — 37. To‘pni nazorat qilish ko‘rsatkichi “Barselona” foydasiga — 58:42.

“Barselona” Xavi bosh murabbiylikka tayinlangandan keyin Yevrokuboklardagi o‘yinlarning 27 foizida g‘alaba qozondi. Xavi “ko‘k-anorranglilar” boshqaruviga 2021 yilning noyabrida kelgan. Uning qo‘l ostida jamoa Chempionlar Ligasida 2 g‘alaba, 2 durang, 4 mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Yevropa Ligasida 2 g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Katalon klubi Yevrokuboklarda qatorasiga to‘rtta o‘yinda 2+ gol o‘tkazib yubordi. Bunaqasi klub tarixida 1997/98 yilgi mavsumdan keyin ilk bor kuzatildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:02, 17.02.2023.
O'qildi: 3821 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик